Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Jurnalistlar Zomindagi “Adliya kuni”da nimalarning guvohi bo‘lishdi

Jurnalistlar Zomindagi “Adliya kuni”da nimalarning guvohi bo‘lishdi

15 июль 2024 йил
77
0

Zomin tumani adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishish va “Adliya kuni” loyihasini o‘tkazish bo‘yicha press tur tashkil etildi. 

 “Fuqaro – mahalla – adliya” tizimining Jizzaxdagi ijrosi qanday?

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Jizzax viloyatidagi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etilgan press-turda Prezident farmoni bilan adliya organlariga yuklatilgan yangi vazifalar,aholi muammolari bilan ishlash borasidagi faoliyatini o‘rganish orqali shu savolga javob izlandi.

Dastlab jurnalist va blogerlar Zomin tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdilar. Adliya bo‘limi, FHDYo, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik markaz tomonidan fuqarolar huquqlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Zomin tumanida Davlat xizmatlari markazining barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi binosi foydalanishga topshirilgan va bu binoda DXM, Xalq qabulxonasi hamda Adliya bo‘limi faoliyat yuritmoqda.

Prezidentning 2024 yil 24 maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoniga binoan, Adliya bo‘limlariga 6 ta yangi vazifa yuklatildi:

– aholi muammolarini o‘rganish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkazish (bunda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatib boriladi);

uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi huquqiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikka takliflar ishlab chiqish;

– “Online-mahalla” platformasi orqali huquqiy masalalarga oid muammolarni hal etib borish;

– aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash va ularga huquqiy tushuntirishlar berish;

– yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qilish; 

– tuman (shahar) tashkilotlari hamda mahalla idoralariga yagona huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatib borish.

Ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Zomin tumanidagi “Mustaqillik” MFY binosida “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda adliya mutaxassislari tomonidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, shu yerning o‘zida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Ushbu binoda bugungi kunda aholi vakillari foydalanishi uchun viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kutubxona ham tashkil etilib, kitob fondi boyitib borilmoqda. Ushbu kitob zahirasi adliya xodimlari tomonidan o‘qilgan va bugungi kunda foydalanilmay turilgan turli yoshdagi insonlar uchun mo‘ljallangan adabiyotlardan shakllangan. So‘nggi yillarda Zomin tumanida katta ko‘lamdagi o‘zgarishlar, qurilish ob’ektlari ko‘payib, dam olish zonalarini yana ham takomillashtirish borasida ishlar olib borilmoqda. Press tur ishtirokchilari shu kuni Suffa rekreatsion zonasidagi ob’ektlar bilan ham tanishdilar.

Jumladan, Zomin osma dor yo‘li, osma ko‘prik va shu hududda joylashgan FHDYo binosi bilan tanishilib, nikohni qayd etish marosimini o‘tkazish jarayoniga guvoh bo‘lishdi. Shu kuni 2 nafar yoshlar Nuriddinjon Ochilov va Mashhurabonu Ochilovaning nikohi tantanali ravishda o‘tkazildi. Bugungi kunda ushbu rekreatsion hududda nikoh marosimlarini shu tarzda tantanali tarzda o‘tkazish urfga kirib bormoqda. Bu mustaqil hayotga birgalikda qadam qo‘yayotgan yoshlar xotirasi bir umrga unutilmas onlar sifatida muhrlanib qolishiga shubha yo‘q.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar