Sudyalar odobi kodeksi
“Sudyalar odobi kodeksi” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, quyi sudlar, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining kasb va odobi qoidalari” ga qat’iy rioya etilishi, tuman sudida ish yurituvni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2024 yil
29 fevraldagi RS-08-24-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma talablariga qat’iy amal qilgan holda doimiy tashkil etish. Sudyalar va sud apparati xodimlarining sudyalik qasamyodi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, quyi sudlar, Oliy sud huzuridagi sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari uchun ichki mehnat tartibi qoidalari”ga va Oliy sud Rayosatining 2017 yil 30 avgustdagi RS-30-17-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining odil sudlovni amalga oshirishdagi va sud xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishdagi faoliyati davomida muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik uchun haq (pora) taklif qilinganligi to‘g‘risida xabar berish va uni ko‘rib chiqish tartibi”ga rioya etilishi ahvoli, poraxo‘rlikka qarshi kurashish mavzusida.
Tumanlararo va tuman (shaxar) sudlarida faoliyat yuritayotgan har bir sud apparati, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning “kasb odobi qoidalari”ga, “ichki mehnat tartibi qodalari”ga hamda mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya qilib borishii, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish lozim.
Sud apparati xodimlarining faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Rayosatining 2017 yil 30 avgustdagi RS-32-17-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, quyi sudlar, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining kasb va odob-axloq qoidalari”ga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan 2017 yil 14 avgustda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, quyi sudlar, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari uchun ichki mehnat tartibi qoidalari”ga va poraxo‘rlikka qarshi kurashish Tartibi qabul qilinganligini, shu sababli har bir sud apparati xodimlari xizmat vazifasini bajarishda va boshqa vaqtlarda qonunga xilof xatti-harakatlarni sodir etmasligi, ishda yoki ishdan tashqari holatda fuqarolar bilan bo‘ladigan munosabatda “Sudlar to‘g‘risida”gi qonun, “Kasb va odob-axloq qoidalari”ga hamda “Ichki mehnat tartib qoidalari”ga rioya qilishini, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, lozim darajada, tezkorlik bilan vijdonan amalga oshirishlari, sud faoliyati va sud xodimlarining obro‘sini oshirishda shaxsiy namuna bo‘lishga intilish kerak.
Shuningdek, sud xodimlari ham yuqorida aytib o‘tilgan tushuntirish va ma’ruzalardan tegishli xulosa chiqarganligini, Yo‘riqnoma talabi bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlarini, mehnat va ijro intizomiga rioya qilgan holda rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni so‘zsiz bajarishlari shartligini, kasb odob-axloq qoidalariga rioya qilishlarini, xizmatda va xizmatdan tashqari vaqtda ham sudning obro‘siga putur etkazishi mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etmaslik shart.
Fuqarolik ishlari bo’yicha Zarbdor
tumanlararo sudining devonxona mudiri
Sh.Cho’liboyev