Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » SAYLOVCHILAR IMZOLARINI TO‘PLASH DAVOM ETMOQDA

SAYLOVCHILAR IMZOLARINI TO‘PLASH DAVOM ETMOQDA

03 август 2024 йил
112
0

Mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon – Parlament va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlar keng jamoatchilikning diqqat nazarida turibdi. Boisi, bu yil mamlakatimiz parlamentiga saylovlar ilk marotaba aralash tizimda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, aralash saylov tizimida saylovchilar parlament deputatlarining bir qismini partiyalarning nomzodlar ro‘yxatiga ovoz berish orqali saylashadi va qolgan mandatlar majoritar tartibda, alohida nomzodlarga ovoz berish orqali saylanadi.

Bu tizim partiyaning siyosiy mahoratininikina emas, balki xalq orasida tutgan obro‘ va mavqeini ham sinovdan o‘tkazadi.

Xabaringiz bor, 27 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov boshlanishi e’lon qilingan edi.

 Ayni paytda, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti ham bo‘lajak saylovda ishtirok etish uchun saylovchilar imzolarini to‘plashga kirishdi. Mazkur jarayon  1216 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlarida, fuqarolarning ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda uyushqoqlik bilan tashkil etilyapti.   Zomin tumanida tashkil etilgan imzo yig‘ish jarayonida ham saylovchilar partiyamizning o‘tgan yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qonunchilikni takomillashtirish hamda saylovchilar bilan ochiq muloqotlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish yo‘nalishidagi amaliy ishlarini e’tirof etishmoqda.

     - Men bugun bu yerda imzo to‘plash jarayoni tashkil etilganini eshitib ataylab keldim. Chunki, hayotimizda so‘nggi yetti yilda yetmish yilda bo‘lmaydigan o‘zgarishlar ro‘y berdi, aholi farovonligi oshdi. Turmushimiz kundan kun to‘kis bo‘lib borayapti. Bu jarayonlarda – tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining alohida o‘rni bor, deb o‘ylayman.

Aholi orasida oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi, tomorqachilikka berilayotgan e’tibor, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitilishida partiya faollarining xizmati katta. Bu jarayon yanada izchillik bilan davom etadi nasib qilsa. Shu sabab, Vatanimiz ravnaqiga, el taqdiriga, farzandlarimizning kelajagiga befarq bo‘lmagan bir inson sifatida bo‘lajak saylovlarda albatta ishtirok etaman va butun zominliklarni ham shunga chorlab qolaman, - deydi zominlik nuroniylardan biri Muhamadi G‘oyibnazarov.
 - O'zLiDePning saylovda qatnashishi biz kabi tadbirkorlar uchun katta imkoniyat. Chunki partiya o‘tgan yillar davomida men kabi ishbilarmonlarning qalqoniga aylangan. Xususan, soliq va bojxona bojlarini kamaytirishda partiyaning xizmatlari beqiyos. Partiyaning bir qator loyihalari orqali tumanimizda ham yuzlab xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi. Ayniqsa, “Ishbilarmon ayol” loyihasining dastlabki bosqichi mahallalarda o‘tkazilayotgani, aynan, mahallalardagi ayollar orasida tadbirkorlikni rivojlantirishga katta hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.Shu bois partiyaning bo‘lajak saylovlarda qatnashishi uchun imzo berdim.  Ishonchim komilki, partiya tadbirkorlikni milliy harakatga aylantiradi, - deydi tadbirkorlardan biri Sadoqat Bekmurodova.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, imzo yig‘ish bilan bog‘liq barcha tadbirlar qonunchilikda belgilangan me’yorlarga qat’iy rioya etilgan tarzda o‘tkazilyapti. Ushbu jarayon viloyatning barcha hududlarida qizg‘in davom etmoqda.

 

 

O'zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Matbuot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar