Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin tumanida bo‘lib o‘tgan “Tashabbusli budjet” loyihasining 2024 yil 2-mavsum g‘oliblari yuzasidan ma’lumot

Zomin tumanida bo‘lib o‘tgan “Tashabbusli budjet” loyihasining 2024 yil 2-mavsum g‘oliblari yuzasidan ma’lumot

07 сентябрь 2024 йил
139
0

Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 2-mavsumiga start beriladi » Zomin  tuman hokimligi rasmiy sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga asosan tumanda joriy yil 6 iyuldan 26 iyulga qadar openbudget.uz veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 112 ta takliflar bildirildi. 26 iyuldan 15 avgustga qadar ushbu takliflarning barchasi moderatsiyadan o‘tkazilib natijada 107 ta tashabbus ovoz berish uchun qabul qilindi. 5 ta tashabbus turli xil sabablarga ko‘ra rad etildi. 22 avgustdan 1 sentyabga qadar 107 ta tashabbus ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Yakunda 8 ta tashabbus eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘ldi. Bular:

  1. Zomin tumani Yuksalish MFY Achchi kishlog‘idagi ichki yo‘llarni tamirlash. Zarbog‘, Yangi avlod, Yashnobod, Billur ko‘chalarini asfaltlash - 6538 ta ovoz to‘plagan. 1 360,0 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.
  2. Zomin tumani Nurlikent MFYni tabiy gaz bilan ta’minlash. Mahallaga markaziy gaz tarmog‘i loyiha asosida tortilgan. Endilikda ichki ko‘chalarni ikki bosqichli gaz taqsimoti asosida loyihalash, qayta qurish va gaz tarmog‘iga ulash. – 6258 ta ovoz to‘plagan. 1 326,0 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.
  3. Zomin tumani Paxtakor MFY 43-umumta’lim maktab hududidan zamonaviy usti yopiq suniy qoplamali mini maydoncha qurish. Maydon o‘lchami 42-22 metrli, 20 o‘rindiqli, quyosh panelli, bolalar kiyim almashtiradigan xonasi bilan, – 6157 ta ovoz to‘plagan. 1 200,0 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.
  4. Zomin tumani "Shirin" QFY Eshmatovul, Qoraqursoq oralig‘idagi yo‘llarni asfaltlash – 6150 ta ovoz to‘plagan. 1 360,0 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.
  5. Zomin tumani Ittifoq qishlog‘i 1900 metr piyodalar yo‘lagi 550 metr asfalt yo‘l va ichki yo‘llarni tamirlash – 6122 ta ovoz to‘plagan. 1 359,8 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.
  6. Zomin tumani To‘rttom MFY To‘rttom qishlog‘ida ichki yo‘llarni 2684 metr asfaltlashtirish – 5830 ta ovoz to‘plagan. 1 360,0 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.
  7. Zomin tumani Beshkubi QFYga qarashli Qoramozor va Tomtum qishloqlari o‘rtaligidagi 2600 metr egri shag‘al yo‘lni to‘g‘irlab asfalt qoplamasi yotqizish hamda ikki soydan sel kelishi uchun 2ta quvir o‘rnatish. – 5773 ta ovoz to‘plagan. 1 360,0 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.
  8. Zomin ixtisoslashgan maktab internatiga suniy 25x50 o‘lchamda futbol maydoni, 10x10 o‘lchamda "street work out" maydonchasi, maktab ichidagi katta o‘lchamli 4 ta xonani o‘rtasiga devor urib alohida xona qilish, eshik o‘rnatish, oshxona fayasiga devor urib 2 ta xona qilish va eshik o‘rnatish. – 5515 ta ovoz to‘plagan. 1 360,0 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining 2024 yil 6 sentabrdagi VI-60-94-3-48-K/24-sonli qaroriga muvofiq mazkur g‘oliblarga jami 10 719,8 mln so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

zomin_kengash_karori_tb_goliblar_2024_2_mavsum.pdf [873,45 Kb] (юклаб олинди: 29)

Онлайн: zomin_kengash_karori_tb_goliblar_2024_2_mavsum.pdf  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar