Open byudjet hisobot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072 sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Zomin tumanida 2023 yilning birinchi va ikkinchi mavsumida tashkil etilgan tashabbusli budjet jarayonida g‘olib loyixalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjet parametrida xarajatlarning 5 foiziga teng miqdorda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga yo‘naltirilishi belgilangan mablag‘ hisobidan 11 324 874,0 ming so‘m, 2023 yilda tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbaalari xisobidan 813 248,0 ming so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-117-sonli qaroriga asosan 5 600 000,0 ming so‘m mablag‘lar “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga o‘tkazilib, jamg‘armada yil boshidagi 1 029 222,6 ming so‘m qoldiq mablag‘ni inobatga olgan holda jamg‘armada 18 767 344,6 ming so‘m shakllantirilgan.
Joriy yilgi “Tashabbusli budjet” jarayonining ikki mavsumida Zomin tumanida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar doirasida qurilish-ta’mirlish va davlat xaridlari uchun jami qiymati 18 967 000,0 ming so‘m bo‘lgan jami 16 ta loyiha g‘olib bo‘lgan (bunda PQ-117-son qaror bo‘yicha 5 ta loyiha g‘oliblari mavjud), jumladan:
- tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimi bo‘yicha-2 ta,
- tuman Kasb-xunar maktabi tizimi bo‘yicha - 1 ta,
- tuman sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha - 2 ta,
- tuman ichki yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha - 10 ta,
- tuman hududiga sport inshooti qurish bo‘yicha -1 ta loyiha g‘olib deb topilgan.
Joriy yilgi “Tashabbusli budjet” jarayoni doirasida 2-sonli maktabda 100 o‘rinli qo‘shimcha 6 ta xona qo‘shimcha maktab binosi qurilib foydalanishga topshirildi. Ikkita texnikum binosi mukammal ta’mirlandi. Zomin tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga 90 KvT lik quyosh panellari o‘rnatilib foylanib kelinmoqda. Bundan tashqari 10 ta qishloq ko‘chalari jami bo‘lib 23 887 km yo‘l asfalt qilindi.
Zamonaviy quyosh panellari bilan jixozlangan usti yopiq ikkita sun’iy qoplamali mini stadion qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, ishlarni yakunlash muddati 2024 yil mart oyiga belgilangan.
Онлайн: openbyudzhet_hisobot_zhadvali_01_01_2024.pdf