Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari

Aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari

03 октябрь 2024 йил
46
0

Aholini roʻyxatga olishning muhim tamoyillari

Davlatimiz  rahbari  tomonidan  2020-yil  16-mart  kuni aholini  roʻyxatga  olish  sohasidagi  munosabatlarni tartibga  soluvchi “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonun  ilk  bor  qabul  qilingan  huquqiy  hujjat  sifatida Oʻzbekiston    tarixidan oʻrin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yoʻq edi.

Ushbu Qonun 5 bob va 31 moddadan iborat boʻlib, unda qonunning maqsadi, asosiy  tushunchalar, aholini  roʻyxatga  olishning vazifalari va prinsiplari, aholini  roʻyxatga olish sohasini  tartibga solish, aholini roʻyxatga  olishni  oʻtkazish  tartibi,  respondentlarning  hamda  roʻyxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari yoritib berilgan.

Aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

Davriylik prinsipi- aholini roʻyxatga olish oʻn yilda kamida bir marta oʻtkazilishi hamda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qoʻyilgan.

Umumiylik va bir paytdalik prinsipi-aholini roʻyxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir maʼlumotlarni barcha respondentlardan yigʻish Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida bir paytning oʻzida amalga oshiriladi.

Roʻyxatga olishning yakka tartibdaligi prinsipi- shaxsga doir maʼlumotlar yigʻilayotganda roʻyxatga olish varagʻi har bir respondent uchun yakka tartibda toʻldiriladi.

Shaxsga doir maʼlumotlarningmaxfiyligi prinsipi-aholini roʻyxatga olish jarayonida yigʻilgan shaxsga doir maʼlumotlar maxfiy boʻlib, respondentning   roziligisiz   oshkor   etilmaydi va tarqatilmaydi.

Aholini roʻyxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi prinsipi- Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha aholini roʻyxatga olishga tayyorganlik koʻrish va uni oʻtkazish aholini roʻyxatga olishni yagona boshqaruv tizimini yaratish asosida markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi.

 

Zomin tuman statistika boʻlimi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar