Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya tushunchasi va Qonuchiligimizda tutgan o‘rni
Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtabod shaharchasi Beruniy mahalla fuqarolar yig‘ini binosida joriy yilning 9-oktabr kunida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining raisi O.Egamberdiev tomonidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan fuqarolarning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini to‘laqonli ta’minlash borasida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi. Xususan, ayni shu yo‘nalishda mavjud milliy qonunchiligimizga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu boradagi amaliy ishlar izchil davom ettirilayotgani esa, yanada e’tiborlidir.
Bola huquqlari – bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi, jinsi, tili, dini, tug‘ilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiyligi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har bir bola ega bo‘lishi kerak bo‘lgan huquq va erkinliklar. Xalqaro huquqda 18 yoshga etmaganlarning barchasi bola deb tan olingan.
Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro va milliy darajada ko‘plab maxsus hujjatlar mavjud. Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro darajadagi asosiy hujjat Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya hisoblanadi. Konvensiya Nyu-Yorkda 1989 yil 20-noyabrda qabul qilingan. Unda 54 ta moddadan iborat bo‘lib, ularda bolalarning huquqlari. Konvensiyaga kiritilgan barcha huquqlar barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Konvensiyada birinchi marta bola Konvensiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar «hurmat qilish va kafolatlash» talab qilinadigan huquqlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu qoida bola jamiyatning juda himoyasiz a’zosi ekanligi va shuning uchun alohida himoyani talab qilishi va bunga loyiq ekanligini ko‘rsatadi.
Konvensiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida qabul qilinadi. Konvensiya bolani o‘ziga xos huquqlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida tavsiflaydi: yashash huquqi (6-modda), oila qurish (9-modda), ismi va fuqaroligi bo‘yicha.
Ta’lim to‘g‘risida (7-modda), zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida (19-modda), tenglik, fikr va so‘z erkinligi to‘g‘risida (13-modda), dam olish va hordiq chiqarish (31-modda), tibbiy. xizmat ko‘rsatish va sog‘liqni saqlash (24-modda), davlat yordamida (18-27-modda) va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani 1992 yil 9 dekabrda ratifikatsiya qildi.
O‘zbekistonda bola huquqlari quyidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi; O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida» gi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasining «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida» gi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida» gi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni va boshqalar.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Zarbdor tumanlararo sudining raisi
O.Egamberdiev