Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suhbatlari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suhbatlari tashkil etildi

10 октябрь 2024 йил
34
0

Joriy yilning 8 oktabr kuni Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aksiyadorlik jamiyati Zomin tuman elektr ta’minoti bo‘limi binosida mahalliy aholi hamda hududda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022 yil 29 iyundagi Qonunning va O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suhbatlari tashkil etildi.

 Tadbir davomida iqtisodiy sud raisi X.Madatov mazkur qonunga ko‘ra, Yer Kodeksining 51, 72-moddalaridagi «davlat va jamoat ehtiyojlari» degan so‘zlar «jamoat ehtiyojlari» degan so‘zlar bilan almashtirilgan.

82-moddaning ikkinchi qismi «Zararlarning o‘rnini qoplash yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilayotganda tegishincha Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan, shuningdek faoliyati yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari hamda mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi» tahririda bayon etilishi ko‘zda tutilgan qisqacha tushuntirishlar berib o‘tildi.

 Bundan tashqari, saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘ladi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi aytib o‘tildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Davra suhbati bo'lib o'tdi
07 сентябрь 2024, Суббота
Davra suhbati bo'lib o'tdi
Davra suhbati bo'lib o'tdi
30 август 2024, Пятница
Davra suhbati bo'lib o'tdi
QONUNCHILIKDAGI YANGLIKLAR - SUDYALAR TARG‘IBOTIDA
19 февраль 2024, Понедельник
QONUNCHILIKDAGI YANGLIKLAR - SUDYALAR TARG‘IBOTIDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar