Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishi
Mamlakatimizda yuz berayotgan turli hil sohadagi islohatlar zamirida, tag ostida inson huquqlarini himoya qilish va ularning manfaatlarini kafolatlanganligi yotadi. Bugungi kunda fuqarolarning huquq va manfaatlarining har qanday qaziyatda ustunligi davlatimiz qonunchiligida mustahkamlab qo‘yilgan. Hozirda dolzarb masalalardan biri bo‘lgan, Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi va uning huquqiy asoslari yuzasidan fuqarolarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish maqsadida joriy yilning 13 sentabr kuni Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan tumandagi O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosida mahalla fuqarolari va faollar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 29 iyundagi “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati bo‘yicha davra suxbatlari tashkil etilib,
fuqarolarga ushbu Qonunning maqsad va vazifalari, yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchasikasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish mazkur qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi belgilanganligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 18, 41-moddalari mazmuni haqida tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuningdek, targ‘ibot tadbirida huddi shu mavzu bo‘yicha inson huqularini kafolatlanganligi misoli sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Jumladan, Konstitutsiyamizning 47-moddasiga ko‘ra, Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi. Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanginligi haqida aytib o‘tildi. O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.