Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan davra suhbatlari tashkil etildi

“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan davra suhbatlari tashkil etildi

21 октябрь 2024 йил
27
0

 Joriy yilning 21 oktabr kuni Zomin tumanida joylashgan 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida mahalliy aholi hamda ushbu maktabda taxsil olayotgan o‘quvchilar ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi munosabati bilan” 1989 yil 21 oktabrdagi “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 2008 yil 7 yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan davra suhbatlari tashkil etildi.

Jumladan, O‘zbekistonning “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni bundan 35 yil oldin, 1989 yil 21 oktabrda Davlatimiz mustaqilligini qo‘lga kiritmasdan oldin qabul qilinganligi, aynan shu vaqtda yurtimizda mustabid tuzum hali o‘z hukmini o‘tkazib turgan g‘oyat og‘ir sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilish oson kechmaganligi yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Haqiqatan ham o‘sha davrda O‘zbek tiliga - davlat tili maqomi berilishi xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar yetadigan qudratli kuch bo‘lib maydonga chiqdi.

Aynan shu jarayon O‘zbekistonning davlat mustaqilligi sari qo‘yilgan birinchi dadil qadam yedi.

Shuni ham qayd yetish kerakki, 1989 yili “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunda aks yetgan muhim huquqiy qoidalar keyinchalik, 1992 yilda Mustaqillik Qomusi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
4-moddasida O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko‘pchiligi bo‘lmish o‘zbek xalqining ona tilidir. U O‘zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili ham hisoblanishi aytib o‘tdi. Shundan so‘ng sud raisi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, uning hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar va qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyusion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir.

Konstitutsiyada O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga g‘amxo‘rlik – davlat siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lib bo‘lmoqda.

Tariximizda ilk bora O‘zbekiston – ijtimoiy davlat, deb belgilandi. Ya’ni, insonga e’tibor hamda g‘amxo‘rlik – davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani mustahkamlandi.

Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olmoqda. Umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq Konstitutsiyadagi normalar 3 barobar ko‘paytirilganligini ta’kidlasak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xususan, Konstitutsiyada har kimning uy-joyli bo‘lish huquqi belgilangan. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning o‘z boshpanasiga ega bo‘lishini ta’minlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.

Bundan tashqari, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda
uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda (bozor qiymatida) qoplanishi ta’minlanishi kafolatlandi.

Aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi mumkinligi ham belgilangan. Umuman, Konstitutsiyada aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilgan. Bu aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egaligini bildiradi..

Shuningdek, Ijtimoiy davlatga xos yondashuvlar ta’lim sohasiga oid ko‘plab modda va normalarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshirilgan.

Jumladan, fuqarolarning oliy ta’lim muassasalarida davlat granti hisobidan o‘qish huquqi qat’iy belgilab qo‘yildi.

Asosiy qonunda fuqarolarning bepul boshlang‘ich kasb-hunarga o‘qitilishi ham belgilangan.

Konstitutsiyada davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilgan.

Yana bir muhim yangilik – davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratishi konstitutsiyaviy mustahkamlandi. Ushbu normaning kiritilishi jamiyatimizda oila mustahkamligi va mo‘tabarligini barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.

Konstitutsiyada har kimning mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish huquqi kafolatlanmoqda.

Mazkur normaning Konstitutsiyada belgilanishi fuqarolarning ish haqlari miqdori shunchaki emas, aynan ularning munosib turmush kechirishini ta’minlashda, pirovard natijada aholi turmush darajasini yaxshilashda va mamlakatimizda ijtimoiy adolatni ustuvor qadriyatga aylantirishda  muhim ahamiyatga ega.

Konstitutsiyada O‘zbekiston – huquqiy davlat, deb belgilanganligini aytib o‘tdi.

 Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 7 yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli Qonunining mazmun-mohiyatiga to‘xtalar ekan unga ko‘ra, har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega ekanligi, bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilishi hamda majburiy mehnat taqiqlanishi yuzasidan tushuntirishlar berildi. O‘tkazilgan davra suhbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar