Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Inson huquqlarining himoya qilinishi sud tomonidan kafolatlanadi

Inson huquqlarining himoya qilinishi sud tomonidan kafolatlanadi

12 сентябрь 2024 йил
68
0

Fuqarolarning huquq va manfaatlari har sohada birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Mamlakatimizda bu borada ko‘plab islohatlar amalga oshirilib, turli hil qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinmoqda. inson huquqlarini himoya qilishda sudlar ham yetakchilik qilmoqda.

Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, amaldagi qonun hujjatlariga bo‘lgan xabardorligini ta’minlash, ular yuzasidan tushuntirishlar berish maqsadida joriy yilning 11 sentabr kuni Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan tuman hududida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘ini binolarida amaldagi qonun hujjatlari bilan fuqarolarni tanishtirish va bu borada ularga huquqiy tushuntirishlar berish yuzasidan davra suxbatlari hamda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
 Jumladani Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan tumandagi Baxt mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla aholisi bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 28 iyuldagi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-703-sonli qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berdi. Xususan, mazkur Qonunning maqsad va vazifalari, sud tizmiga kiritilgan o‘zgartirishlar, sudning asosiy vazifalari haqida so‘z yuritdi. Tadbir Shirin qishloq fuqarolar yig‘ini binosida davom ettirilib, davra suxbati ishtirokchilariga Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunining
mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdi.

 Jumladan, Ushbu Qonundagi, voyaga yetmagan shaxs savdosi, kelib chiqish mamlakati, majburlash, odam savdosi, odam savdosidan jabrlangan shaxs, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs kabi asosiy tushunchalarga ta’rif berib o‘tdi.

O‘tkazilgan davra suxbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Sudya va aholi vakillari o‘rtasida muloqot
11 сентябрь 2024, Среда
Sudya va aholi vakillari o‘rtasida muloqot
Davra suhbati bo'lib o'tdi
30 август 2024, Пятница
Davra suhbati bo'lib o'tdi
BOLA HUQUQI DAVLAT HIMOYASIDA
23 декабрь 2023, Суббота
BOLA HUQUQI DAVLAT HIMOYASIDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar