Brifing
Zomin tumani hokimligi faollar zalida tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari, deputatlar, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻini raislari, mutasaddi tashkilot hamda OAV vakillari ishtirokida tumanda yangi tashkil etilayotgan investitsiya loyihalari, sanoat va ishlab chiqarish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimining birnchi o'rinbosari Z.Omonqulov tomonidan mavzu yuzasidan maʼlumot berildi.
Tumanda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, aholi daromadlari oshirish, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jami 3 937 nafar fuqarolarga 71,1 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Shundan, yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida 1567 nafar yoshlarga 26,2 mlrd so‘m, xotin-qizlarni bandligini ta’minlash maqsadida 1768 ta ayollarga 27,3 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.
Tumandagi 39 ta mahallalardagi 2 943 ta aholi xonadonlariga 45 ta lider tadbirkorlar biriktirilib, ajratilgan imtiyozli kreditlar doirasida 112 ta xonadonlarda issiqxona, 256 ta xonadonlarda 16,6 ming ta tovuq, 3 ta xonadonlarda 1,5 ming dona qo‘ziqorin, 18 ta xonadonlarda 1,4 ming dona golubinka ko‘chatlari, 42 ta xonadonlarda 67,8 ming dona malina ko‘chatlari, 516 ta xonadonlarga 726 bosh qoramol, 512 ta xonadonlarga 6,5 mingdan ortiq qo‘y va echiki, 13 ta xonadonlarga 3,7 ming dona bedana, 18 ta xonadonlarga 146 dona asalari qutilari, 1950 ta xonadonlarga 589,6 ming dona ko‘chatlar, 185 ta xonadonlarga 201 ta tikuv mashinalari va 356 ta xonadonlarga 486 ta boshqa turdagi asbob-uskunalar yetkazib berilib, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borildi.
Bundan tashqari, 2024 yil 9 yanvardagi PQ-7-sonli qarorga asosan, 1 430 nafar fuqarolarga “biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 13 132 mln. so‘m mikroqarzlar, PQ-306 va PQ-366-sonli qaror doirasida 179 ta tadbirkorlik sub’ektlariga 17 496 mln so‘m kreditlar ajratildi.
Tumandagi 13 ta mahallalardagi 8 415 ta xonadonlarga 286,1 ming dona uzum ko‘chatlari ekilib xozirgi kunda parvarish qilinmoqda. Jumladan, 8 353 ta xonadonlarning tomorqasiga 200,1 ming dona hamda 46 ta ko‘chalarga 86,0 ming dona uzum ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, jami 131,2 gektar shundan, 73,2 gektar aholi xonadonlariga hamda 58,0 gektar ko‘cha qismi yer maydonlariga uzum ko‘chatlari uchun so‘ritoklar qilindi.
Shuningdek, tumandagi 39 ta mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlaridagi jami 25 334 ta tomorqa yer egalari tomonidan 3 176 gektar aholi tomorqalarida sabzavot va poliz ekinlar ekildi. Jumladan, 649,3 gektar to‘qsonbosti, 375,4 gektar kartoshka, 387,4 gektar dukkakli ekinlar, 997,2 gektar sabzavotlar, 34,2 gektar poliz ekinlari hamda 732,5 gektar boshqa turdagi ekinlar ekildi.
Bahorgi ekinlarni ekish hisobiga jami 51,0 ming tonna jumladan, 19,2 ming tonna sabzavot mahsulotlari, 1,1 ming tonna poliz mahsulotlari, 12,8 ming tonna kartoshka, 1,2 ming tonna dukkakli mahsulotlar va 16,6 ming tonna boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirildi.
Baxorgi ekinlar yetishtirib olingan jami 2 713 gektar aholi tomorqalariga 810 gektar sabzavot, 100 gektar poliz, 161 gektar kartoshka, 339 gektar dukkakli ekinlar hamda 1 302 gektar boshqa takroriy (o‘rtaki) ekinlar ekildi.
Joriy yilda tumanimizda ijtimoiy-iqtisodiy soxalarda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi bo‘yicha qisqacha to‘xtalib o‘tsam.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha.
Joriy yil tumanimizda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish hisobiga Tumanida III chorak yakuni bilan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 107,8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 103,4 foiz va xizmat ko‘rsatish xajmini 114,8 foizga bajarish belgilangan bo‘lib, amalda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 107,8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 103,5 foiz va xizmatlar 114,8 foizga bajarildi.
Tadbirkorlik sub’ektlari bo‘yicha.
Tumanda jami tadbirkorlik sub’ektlari soni 4 799 tani tashkil qiladi. Shundan 5 ta yirik korxonalar, 1 170 ta fermer xo‘jaliklari, 394 ta o‘rta korxonalar hamda kichchik korxona va mikrofirmalar 3 230 tani tashkil qiladi.
Bundan tashqari joriy yilda jami 380 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil qilindi.
Budjet daromadlari bo‘yicha.
Joriy yil yanvar-oktabr oylari tuman budjet daromadlari jami 192,8 mlrd so‘mni tashkil qilib, shundan mahalliy budjet daromadlari 62,7 mlrd. so‘m, NDS daromadlari 58,8 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.
Aholi bandligi bo‘yicha.
Tumanimizda mehnatga layoqatli aholi soni 91 247 nafarni tashkil etib, ularning 64 555 nafarni ish bilan ta’minlangan, 5 087 nafarini ish bilan band etilmagan yoki ishsizlik darajasi 7,3 foizni tashkil etadi.
Ishsizlik darajasini qisqartirish maqsadida joriy yilda 16 008 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, yanvar-sentabr oylarida 17 558 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, rejaga nisbatan 122,0 foizga bajarildi.