Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Aziz Yurtdoshlar!

Aziz Yurtdoshlar!

29 октябрь 2024 йил
41
0

Yashil makon” loyihasi – yangi davr taqozosi - IIAU
Jonajon O‘zbekistonimizning betakror tabiati, uning boy o‘simlik va hayvonot olami, go‘zal bog‘ va xiyobonlari milliy boyligimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu ne’matlarni ajdodlarimiz bir necha yuz yillar asrab-avaylab, kelgusi avlodlar uchun ulkan meros qilib qoldirganlar.

Dono xalqimizda, “Umringdan bir kun qolsa ham ko‘chat ek”, degan purhikmat naql bor. Ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas qismi bo‘lmish daraxt ekish, bog‘u gulzorlar yaratish borasidagi go‘zal odatlarimiz bugungi kunda yangi ma’no-mazmun bilan boyib, keng miqyosda davom etmoqda.

Barchamiz uchun muqaddas beshik bo‘lgan ona vatanimizning betakror tabiati, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini saqlab qolish, uni avlodlarimizga bezavol yetkazishda buyuk bunyodkorlik salohiyatimizni amalda ko‘rsataylik!

Yerga nihol ekish, ularni parvarishlab yangi bog‘larga aylanishi uchun e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda shaxsiy namuna ko‘rsataylik, tashabbuskor bo‘laylik!

Mamlakatimizning ayrim joylarida “Yashil makon” loyihasiga befarqlik bilan qaralayotgani oqibatida katta mablag‘, moddiy va mehnat resurslari hisobiga ekilgan ko‘chatlar qurib qolayotgani, daraxtzorlar payhon qilinayotgan holatlar ham afsuski tez-tez uchramoqda.

Ota-bobolarimizdan meros an’ana – oilada yangi farzand dunyoga kelganida unga atab, albatta, daraxt ekishni qayta tiklab, hayotimiz qoidasiga aylantirsak, ayni muddao bo‘ladi. Nikohdan o‘tayotgan yoshlarimiz mana shunday baxtli onlardan esdalik sifatida, yaxshi niyat bilan yerga nihol eksalar an’analarimiz yana bir go‘zal odat bilan boyigan bo‘lar edi. Kelin-kuyovlarimiz ekkan nihollarning ildizi yerga chuqur o‘rnashib, ulg‘ayib, ulkan daraxtga aylanib, meva berganidek, yoshlarimizning oilasi ham albatta mustahkam, barakali, tinch-totuv bo‘ladi, inshoolloh.

Muhtaram Prezidentimiz joriy yilning 21 oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, o‘simliklarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish, ayniqsa, aholi yashash joylarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ko‘paytirish bo‘yicha tashabbusi bilan chiqib, halqimizga chaqiriq qildilar.

Yangi O‘zbekiston hududining yashilligini 2030 yilga borib 30 foizga yetkazish bo‘yicha katta marra olingan bo‘lib, mazkur ishlarni bajarishda Siz va bizning fidoyiligimiz juda muhim o‘rin tutadi.

Shu muqaddas zaminda tavallud topib, tarbiya olgan, o‘zini aynan shu yurtning asl farzandi, deb bilguvchi har bir yurtdoshimiz mamlakatimizning yashilligini yanada yaxshilash kabi ulug‘vor ishlarda o‘zining ulkan hissasini qo‘shishi lozim.

 

Hurmatli fermerlar!

So‘nggi yillarda mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta ekish an’anaga aylandi. Albatta, bu savobli ishlarda keng jamoatchilik qatorida Siz aziz fermer va mehnatkash dehqonlar ham munosib ulush qo‘shib kelmoqdasiz.

Mazkur yo‘nalishdagi savobli ishlarni davom ettirgan holda o‘zingiz rahbarligingizda fermer xo‘jaligini ishchi xodimlarini shaxsiy tomorqalariga hamda xo‘jaligingiz dala chetlaridagi bo‘sh yerlarga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekib “Yashil makon” umummilliy dasturiga o‘z hissangizni qo‘shing.

Hududlarda ko‘chat yetishtiruvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari hamda boshqa sub’ektlarda yetarli miqdorda mevali va manzarali daraxt nihollari zahirasi mavjud bo‘lib, ular bilan o‘zaro hamkorlik qilishga chaqiramiz.

Aziz dehqonlar!

Muhtaram Prezidentimizning alohida qarorlari bilan paxta – g‘alla maydonlari qisqartirilib, Siz aziz dehqonlar uchun ajratilgan 200 ming gektardan ortiq yer maydonlaridan samarali foydalanib, yuqori daromad olishni boshladingiz.

Dehqon xo‘jaligingizni barcha ishchi xodimlarini shaxsiy tomorqalaridan hamda dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yer maydonlaridan “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida yanada samarali foydalanish maqsadida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishni tashkil etishga chaqiramiz.

 

Muhtaram tomorqa yer egalari!

Sizning mashaqqatli mehnatingiz natijasida tomorqalarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorlarimizni to‘kin sochin, dasturxonlarimizni obod qilayotganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, bozorlarimizda Siz tomoningizdan yetishtirilgan mevalarni yilning barcha fasllarida topish imkoni yaratilgani dillarni xushnud etadi.

Mazkur tashabbus doirasida har bir tomorqachini o‘z tomorqasiga 5 tupdan, mahalla guzari va ko‘cha boshiga 5-10 tupdan ko‘chat ekishga chorlaymiz. Natijada, har bir mahalla guzari, har bir ko‘cha hamda har bir xonadonning obod bo‘lishiga erishamiz, saxovatpeshalik bilan qilgan ishlaringiz tahsinga sazovor bo‘ladi!

 

Muhtaram mahalla faollari!

Mahalla hududini obod qilish kabi savobli ishlar hamisha e’tibor markazida turishi zarur.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Obod xonadon” dasturini amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatib, yurtimizda har jihatdan obod xonadonlarni ko‘paytirish, ularni boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirishingiz lozim.

Bu ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar