Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish: islohot davom etadi

Majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish: islohot davom etadi

05 ноябрь 2024 йил
49
0

 

Joriy yilning 4 noyabr kuni Zomin tumani Qo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘ini binosida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi O.Egamberdiev va sudya A.Pulatovlar tomonidan, Bugungi kunda mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi islohotlar yangi bosqichga chiqdi. Xususan,  majburiy mehnat va bolalar mehnatini tugatish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotiga a’zo bo‘ldi va ushbu tashkilotning 14 ta xalqaro-huquqiy hujjati, jumladan, 8 ta asosiy konvensiyasini ratifikatsiya qildi. Ular orasida Bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashishga doir konvensiya ham bor.

Majburiy mehnat va bolalar mehnatini tugatish bo‘yicha xalqaro standartlarni mamlakat hayotiga to‘liq tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yildagi “2018-2020 yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi.

Majburiy mehnat va bolalar mehnatidan foydalanganlik uchun javobgarlik masalasiga oid xalqaro va mintaqaviy hujjatlar hamda xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

Yurtimizda majburiy mehnatni tugatish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar va ularning samaralari xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda. Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlarining bevosita ishtirokida “Uchinchi tomon monitoringi” loyihasi asosida qishloq xo‘jaligida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish monitoringi olib borilib, har yili tashkilot tomonidan yillik ma’ruzalar e’lon qilinmoqda.

“Kotton Kompeyn” xalqaro koalitsiyasi so‘nggi 10 yilda ilk bora o‘tgan yili O‘zbekistonda olib borilgan paxta terimi mavsumidagi majburiy mehnat holatlari monitoringida ayrim paxta yetishtiruvchi tumanlarda majburiy mehnat bilan bog‘liq birorta holatni hujjatlashtirmadi. Ushbu xalqaro tuzilma mamlakatimizning inson huquqlari sohasida erishgan bu natijasini e’tirofga sazovor, deb baholadi.

Ushbu xalqaro ma’ruzalardagi ma’lumotlar majburiy mehnat va bolalar mehnatini tugatish bo‘yicha O‘zbekistonda sezilarli va e’tirofga loyiq natijalarga erishilganining xolis tasdig‘idir. Bularning barchasi, o‘z navbatida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan insonparvar islohotlar samarasi hisoblanadi.

Prezidentimizning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining
46-sessiyasidagi nutqi asosan O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va Kengash doirasidagi faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlari nimalardan iboratligi haqida bo‘ldi. Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda, jumladan, Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki bilan hamkorlikda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

Xususan, bu borada qonunchilik va tashkiliy-huquqiy baza mustahkamlanib, xalqaro standartlar implementatsiya qilindi, institutsional tizim rivojlantirildi hamda fuqarolik jamiyati va ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik faollashdi. Endigi bosqich Konstitutsiya darajasida bolalar mehnatidan foydalanishni cheklar ekanmiz, avvalo “bolalar mehnati” tushunchasiga aniqlik kiritish lozim.

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bergan ta’rifga ko‘ra, bolalar mehnati deganda aqliy, jismoniy, ijtimoiy yoki axloqiy jihatdan bolalar uchun xavf tug‘diradigan yoki bolalarga zarar yetkazadigan, ularni maktabda o‘qish imkoniyatidan mahrum qiladigan ish va faoliyat turlari tushuniladi.

Shuningdek, bolalarning qulligi, ularning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan sharoitlarda ishlatish va katta shaharlar ko‘chalarida yoshligidan mustaqil hayot kechirishga majbur qildirish ham bolalar mehnatining og‘ir shakllari hisoblanadi. Bolalar va o‘smirlarning sog‘lig‘i va rivojlanishiga ta’sir qilmaydigan, shuningdek ta’lim olishiga xalaqit bermaydigan ishlarni bajarishi bola mehnati sifatida baholanmaydi. Ushbu turdagi ishlarga bolaning ota-onasiga uy-ro‘zg‘or yumushlarida yoki oilaviy biznesda yordam berishi, maktabdan keyin yoki maktab ta’tilida kasb-hunar o‘rganishi kiradi. Bularning barchasi bolaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi, bolaga jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun kelajakda zarur bo‘ladigan ko‘nikma va tajriba orttirishga yordam beradi.

Albatta, har qanday vaziyat va har qanday davlatga nisbatan mos keladigan “bolalar mehnati” tushunchasiga aniq ta’rif berish juda qiyin va buni XMT ekspertlari ham tan olishadi. Bolalar tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan ish turlari va “bolalar mehnati” o‘rtasidagi farq har bir vaziyatda alohida baholanishi, ishni bajaradigan bolaning yoshi va jismoniy qobiliyatlari, bajarish sharoitlariga ahamiyat berish kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston qo‘shilgan va ratifikatsiya qilgan Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya, ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiya, Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to‘g‘risidagi 182-son-Konvensiya, Majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29-sonli Konvensiyalarda bolalar mehnatini cheklash, uning eng yomon shakllariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlatlarning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlari belgilangan.

Qonunchiligimizning ushbu masala bo‘yicha takomillashtirilganligi natijasida real natijalarga erishish mumkinligi guvohi bo‘lyapmiz va bola mehnatidan foydalanishni cheklashni nazarda tutadigan qoidaning Konstitutsiyamiz darajasida belgilanishi islohotlarning ortga qaytmas xarakter berilishiga olib keladi.

Bolalarning barvaqt mehnat qilishi ularning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiladi va kelgusida jamiyatimizning savodsiz, jismonan va intellektual jihatdan cheklangan a’zosi bo‘lib qoladi, ularda kambag‘allik asiridan chiqib ketish imkoniyati deyarli bo‘lmay qoladi. Xuddi shunday ularning bolalarida ham kelgusida rivojlanish uchun imkoniyat kamayib boraveradi va bu jamiyatning rivojlanishiga hech qanday hissa qo‘shmaydi.

Shuning uchun bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik mamlakatimizda ushbu sohada erishilgan yutuqlarni qat’iy mustahkamlaydi hamda bolalar sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun muhim huquqiy kafolat bo‘lib xizmat qiladi. 

 

Odil Yuldoshboevich Egamberdiev

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Zarbdor tumanlararo sudi raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar