Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » BUGUN - TASHABBUSKOR YOSHLAR DAVRI

BUGUN - TASHABBUSKOR YOSHLAR DAVRI

18 ноябрь 2024 йил
39
0

 

Qayerda-ki o’sib kelayotgan yoshlarni bilimli, har tomonlama komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilsa, o’sha yurtning kelajagi farovon bo’lishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi tezkor zamonda, elektrotexnika taraqqiyoti vaqt tezligida rivojlanib borayotgan davrda har bitta iqtidor, har bir tashabbuskorni to’g’ri yo’naltira bilish, ularning tashabbuslarini el-yurt obodligi yo’lida rivojlantirish davrning oldimizga qo’ygan eng muhim talabidir.

Ayni vaqtda mahallamizda 30 yoshgacha bo’lganlar soni 1566 nafarni, 14-30 yosh toifasidagilar esa 673 nafarni tashkil etadi. Shundan 2024 yil 9 oyi hisobiga “Yashil” toifadagilar 325   nafar, davlat sektorida rasmiy bandlar 49  nafar,  hususiy sektorda rasmiy bandlar 122 nafar, yosh tadbirkorlar 11 nafar, yosh fermerlar 2 nafar, o’zini-o’zi band qilgan yoshlar 48 nafar, maktab o’quvchilari 100 nafar, professional ta’lim o’quvchilari 14 nafar, oliy ta’lim talabalari 101 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, “Sariq” toifadagilar jami 212 nafar bo’lib, shundan migrasiyaga ketganlar 8 nafar, ishsiz yoshlar mavjud emas, norasmiy bandlar 145 nafar ishlash istagi yo’qlar 59 nafar bo’lib, bularga uy bekalari, bola parvarishi bilan bandlar, abituriyentlar kiradi.

Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilinishi bilan har bir mahallada yoshlarning yana bir suyanchig’i, ko’makchilari faoliyati yo’lga qo’yildi. Qaror bilan tumandagi 39 ta mahalla fuqarolar yig’inida yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, iqtidorli nomzodlar maxsus kurslarda o’qitilib, eng munosiblari joylarda faoliyat yuritib kelishmoqda. Men ham ana shunday yetakchilar safida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Mahallada ayni vaqtda “qizil” toifaga kiruvchi yoshlarning yo’q, yigit-qizlar bilan ishlashda o’ziga hos uslublardan foydalanib, doimiy uchrashuv va davra suhbatlari, turli loyihalar, aksiyalar o’tkazish orqali, ularning faolligini rag’batlantirishda mahalladagi “yettilik” bilan hamkorlikni yo’lga qo’yganmiz.

Mahallalarda yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jumladan, ularni “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishga jalb qilish doirasida mahalla yoshlarining 14-30 yosh toifasidagi jami 673 nafar yigit-qizlardan 642 nafari “Besh tashabbus olimpiadasi”ning joriy yilgi bosqichlarida faol ishtirok etishdi. Jumladan,  23-30 yosh toifasida o’tkazilgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining  tuman bosqichida, Shashka sport musobaqasining 22-30 yosh toifasida o’g’il bolalar o’rtasida 2023-2024-yillar tuman bosqichida g’olib bo’lib viloyat bosqichida 3 o’rinni olib Respublika bosqichida faol ishtirok etib, Zakovat intelektual o’yinida tuman,viloyat respublika bosqichlarida g’olib va sovrindor bo’lish mahallamiz yoshlariga nasib qildi. Bundan tashqari, Umuman olganda, mahallada jamoaviy va yakkalik sport turlariga qiziqib, muntazam shug’ullanuvchilar soni tobora ortib borayapti. Bunda albatta “Besh tashabbus olimpiadasi”ning hissasi beqiyos.

“Bog’ishamol” mahalla fuqarolar yig’inida doimo yoshlarning kechagi kuni, buguni, ertasi bilan qiziquvchi o’zgalar taqdiriga befarq bo’lmagan insonlar, jamoatchi faollar talaygina. Biz yoshlar ana shunday ibratli umr sohiblari bilan doimiy hamkorlikni yo’lga qo’yganmiz. Ular targ’ibot ishlarida bizga yaqindan ko’mak berishadi.

Joriy yilda ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari bandligiga ko’maklashish, jumladan, “Yoshlar bandligi dasturi”ni mahallada amalga oshirish bo’yicha 33 nafar bitiruvchi yoshlardan 65 foizi oliy va professional ta’limga qamrab olingan bo’lsa, qolgan 35 foizi mehnat bozoriga kirib kelib, ularga qiziqishlariga qarab bandlik dasturi tuzilgan. Navbati bilan bandligini taminlash ishlari amalga oshirilib, Jizzax shahar kasb-hunarga o’qitish monomarkaziga jalb qilish va imtiyozli kredit asosida tadbirkorlikka yo’naltirilib, bandligini ta’minlash vazifasi bajarilayapti.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini hal etish, shu jumladan, ularga ko’rsatiladigan yordam turlaridan samarali foydalanish maqsadida 2024 yil boshidan 12 nafar yoshlarning 4 nafariga “Yoshlar daftari” jamg’armasidan kontrakt to’lovi, 3 nafariga o’quv kurslarida o’qishi uchun, 3 nafariga bir martalik moddiy yordamlar, 2 nafarining bandligini taminlash maqsadida “Yoshlar daftari”dan yordam ko’rsatilgan. Ayni vaqtda mahallada “Yoshlar daftari”ga kiritilgan birorta ham yosh qolmagan.

Iqtidorli yoshlarni izlab topish, iste’dodini ro’yobga chiqarish va ularni qo’llab-quvvatlashga ko’maklashish maqsadida ham bir qator ishlar olib borilayapti.  Ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, mahalla yoshlarini xorijiy tillarni o’rganishga doimiy qiziqtirib borish maqsadlarida “Mutolaa”  mobil ilovasini keng targ’ib qilmoqdamiz. Mahallamiz yoshlarining 210 nafari xozirgi kunda “Mutolaa” ilovasidan foydanib 600 dan ortiq kitoblarni o’qib chiqishdi. Ular bilan ham onlayn bellashuvlar, tanlovlar tashkil qilib bormoqdamiz va muntazam qo’llab-quvvatlayapmiz. Shuningdek, “Ibrat academy” mobil ilovasida 25 dan ortiq xorijiy tillarni bepul o’rganish imkoniyati mavjud bo’lib, mahallamiz yoshlarining xorijiy til o’rganishida ushbu ilovalar ham keng targ’ibot qilinishi natijasida  220 nafar yigit-qizlar ushbu ilovadan ro’yxatdan o’tib, 28 nafari  xorijiy til sertifikatlari olishga erishdi. Bu juda katta natija, albatta. Ayni vaqtda ushbu sertifikat egalariga havas qilib, ularga ergashib, yana 315 nafar yoshlar ilovadan til o’rganmoqdalar.

Hech kimga imkoniyat olib kelib, qo’liga tutqazib qo’yilmaydi. Imkoniyatga yetishish uchun ham harakat qilish, unga peshvoz qadam tashlash, o’zida ishtiyoq, talab bo’lishi kerak. Bu borada “Bog’ishamol”ning yoshlari bilan bir tan, bir jon bo’lib amalga oshirayotgan ishlarimiz dengizdan bir tomchi xolosdir. Ammo tomchilar yig’ilib – daryo bo’lganidek, har bitta mahalladagi yetakchilarning bir-ikkitadan tashabbuslari yig’ilsa, ommalashtirilsa, albatta katta-katta natijalar kelib chiqishi shubhasiz. Bu borada barcha faol, tashabbuskor yetakchi yoshlarga – do’stlarimizga omadlar tilab qolamiz.


Bog’ishamol MFY 
yoshlar yetakchisi
Sh.Xonto’rayev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Brifing
28 октябрь 2024, Понедельник
Brifing
Ajrashgan 55 ta oila yarashtirildi
24 июль 2024, Среда
Ajrashgan 55 ta oila yarashtirildi
Zomin tumani hokimining yoshlarga murojaati
23 апрель 2024, Вторник
Zomin tumani hokimining yoshlarga murojaati
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar