Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » ODAM SAVDOSIGA QARSHI MUROSASIZLIK

ODAM SAVDOSIGA QARSHI MUROSASIZLIK

18 ноябрь 2024 йил
51
0

 

Hozirgi davrda turli hil ijtimoiy havfli qilmishlar inson huquqlariga zarar yetkazmoqda. Mazkur ijtimoiy havfli qilmishlarga qarshi kurashishga nafaqat davlatimiz, balki chet el davlatlari ham o‘z e’tiborlarini qaratgan hamda bu borada keng islohatlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ushbu ijtimoiy havfli qilmishlarning biri odam savdosidir. Odam savdosi inson huquqlariga zarar yetkazish bilan bir qatorda uning erkinliklarini ham cheklashi barchamizga ma’lum. Shu sababli odam savdosiga qarshi kurashishi maqsadida yurtimizda keng islohatlar amalga oshirilib, amaliy natijalarga erishilmoqda hamda bu borada normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.  Shunga ko‘ra, inson huquqlariga bo‘lgan har qanday jinoyatlarga murosasizlik ruhini shakllantirish va ularga qarshi kurashish maqsadida Zomin tumanidagi Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla aholisi va faollar ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati yuzasida davra suxbatlari tashkil etildi.

 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (yangi taxrirda) 2020 yil 17 avgustda O‘RQ-633-sonli Qonuni qabul qilinganligi, ushbu Qonunning maqsadi odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi haqida ta’kidlab o‘tildi.

Xususan, ushbu Qonunga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs savdosi — «odam savdosi» degan tushunchada ko‘rsatilgan ta’sir o‘tkazish vositalaridan foydalanilgan-foydalanilmaganligidan qat’i nazar, har qanday harakat yoki bitim bo‘lib, ular vositasida voyaga yetmagan shaxs ota-onasi, boshqa qonuniy vakili yoki o‘zga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda undan foydalanish maqsadida yoxud moddiy yoki boshqa naf olish maqsadida boshqa shaxsga haq evaziga berilishi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, targ‘ibot tadbiri davomida yig‘ilish qatnashchilariga mazkur qonunda nazarda tutilgan: odam savdosidan jabrlangan shaxs, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish, Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs, Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs kabi tushunchalarga ham ta’rif berib o‘tdi.

O‘tkazilgan davra suxbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi. 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Inson huquqlarining himoya qilinishi sud tomonidan kafolatlanadi
12 сентябрь 2024, Четверг
Inson huquqlarining himoya qilinishi sud tomonidan kafolatlanadi
ODAM SAVDOSI – ASR JINOYATI
31 май 2024, Пятница
ODAM SAVDOSI – ASR JINOYATI
Odam savdosi – davr muammosi
28 март 2024, Четверг
Odam savdosi – davr muammosi
Odam savdosi
25 ноябрь 2023, Суббота
Odam savdosi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar