Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH—BU BARCHAMIZNING BURCHIMIZDIR

ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH—BU BARCHAMIZNING BURCHIMIZDIR

12 ноябрь 2024 йил
32
0

Inson huquqlarini himoya qilish ularning erkinliklarining kafolatlari dastlab mahalla institutlaridan amalga oshirilish barchamizga ma’lum. Shunga ko‘ra inson huquqlarini ta’minlash, ularning erkinliklarini kafolatlash, ularga berilayotgan yurtimizdagi va qonunchiligimizdagi imtiyoz va imkoniyatlarni aholiga tushuntirish hamda keng targ‘ib qilish, inson huquqlarini poymol qiluvchi voqea va hodisalar haqida ogohlantirish, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Zomin tumanidagi Qayirma mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla aholisi va faollar ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati yuzasida davra suhbatlari tashkil etildi.

 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (yangi taxrirda) 2020 yil 17 avgustda O‘RQ-633-sonli Qonuni qabul qilinganligi, ushbu Qonunning maqsadi odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi haqida ta’kidlab o‘tildi. Xususan, ushbu Qonunga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs savdosi — «odam savdosi» degan tushunchada ko‘rsatilgan ta’sir o‘tkazish vositalaridan foydalanilgan-foydalanilmaganligidan qat’i nazar, har qanday harakat yoki bitim bo‘lib, ular vositasida voyaga yetmagan shaxs ota-onasi, boshqa qonuniy vakili yoki o‘zga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda undan foydalanish maqsadida yoxud moddiy yoki boshqa naf olish maqsadida boshqa shaxsga haq evaziga berilishi haqida so‘z yuritdi.

 Shuningdek, targ‘ibot tadbiri davomida yig‘ilish qatnashchilariga mazkur qonunda nazarda tutilgan: odam savdosidan jabrlangan shaxs, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish, Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs, Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs kabi tushunchalarga ham ta’rif berib o‘tdi.

O‘tkazilgan davra suhbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Inson huquqlarining himoya qilinishi sud tomonidan kafolatlanadi
12 сентябрь 2024, Четверг
Inson huquqlarining himoya qilinishi sud tomonidan kafolatlanadi
ODAM SAVDOSI – ASR JINOYATI
31 май 2024, Пятница
ODAM SAVDOSI – ASR JINOYATI
ODAM SAVDOSI
25 апрель 2024, Четверг
ODAM SAVDOSI
Odam savdosi – davr muammosi
28 март 2024, Четверг
Odam savdosi – davr muammosi
Qonunning mazmun mohiyati tushuntirildi
05 март 2024, Вторник
Qonunning mazmun mohiyati tushuntirildi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar