Chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik va davolash ishlari
So’ngi vaqtlarda tibbiyotga qaratilayotgan e’tibor, inson salomatligini mustahkamlash, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish tizimidagi islohotlar natijasida yurtimizning olis va chekka hududlariga ham eng zamonaviy tibbiy anjomlar, asbob-uskunalar kirib bormoqda. Maqsad esa bitta – mamlakatimiz Prezidenti ta’biri bilan aytganda, odamlarni rozi qilish, har qanday turdagi kasalliklarni oldini olish, erta aniqlash va davolash tizimini yaxshilashdir.
Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tashabbusiga ko’ra Toshkent Milliy Tibbiyot markazining bir guruh Kardiolog va endovaskulyar xirurg mutaxassislari Zomin tuman tibiyyot birlashmasining Markaziy shifoxonasida MOBIL ANGIOGRAF maxsus avtomashinasida KORONOROGRAFIYA tekshiruvlari oʻtkazmoqdalar.
Ushbu tekshiruvlardan ko'zlangan maqsad - yurak qon tomir kasalliklarining oldini olish va nogironlikka olib keluvchi yurak ishemik kasalliklaridan miokard infarkti, stenokardiya kasalliklarini barvaq aniqlash, davolash va sog'lomlashtirish chora-tadbirlarini olib borishdir.
Mazkur KORONOROGRAFIYA tekshiruviga nogironligi boʻlgan shaxslar, yoshga doir nafaqadagilar, ijtimoiy himoya yagona restrga kirgan shaxslar, Chernobil AES ishtirokchilari, front va front ortida hizmat qilganlar, Afgʻon urushi jangchilari jalb etilmoqda. Mazkur shaxslar uchun ushbu tekshiruvlar mutlaqo bepul o'tkaziladi.
Tekshiruvdan o'tish uchun kelgan bemorlar albatta EKG, EXOKG, Kardiolog koʻrigi, Laborator tekshiruvlar (OIV, virusli gepatit B va C turiga, sifilis kasalligiga va bioximik tekshiruvlardan) dan o’tkazilmoqda.
Bunda Mobil Angiograf tekshiruvlaridan o'tkazish mumkin bo'lmagan shaxslar quydagilardir: buyrak yetishmovchiligi borlar, gemmoragik insult olgan bemorlar, yodga allergiyasi borlar.