Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Tumanda alohida toifadagi yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasidagi ishlar to’g’risida matbuot anjumani bo’lib o’tdi

Tumanda alohida toifadagi yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasidagi ishlar to’g’risida matbuot anjumani bo’lib o’tdi

20 декабрь 2024 йил
8
0

Tumanda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tuman hokimi Alisher Abdug'aniyev ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani oʻtkazildi.
 Unda hokim oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla masʼullari, aholi va yoshlar ishtirok etishdi.

 

2024 yil boshida mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan 14-30 yoshdagi 41787  nafar “Yoshlar balansi”ni shakllantirildi va 3 ta toifaga (“Yashil”26 655  nafar,  “Sariq”15 122 nafar, “Qizil” 194 nafar)  ajratildi.

 Shu asosida “Yo‘l xarita” (Ombor daftari) ishlab chiqildi va quyidagi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan,

  1. Otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Yoshlar balansi asosida 7 ta alohida toifadagi

Ma’lumot uchun: Og‘ir toifadagi yoshlar194 nafar, Jinoyatchilikka moyil yoshlar (VM-468) 159  nafar, Ishsiz yoshlar 141 nafar, Migratsiyadagi yoshlar 385 nafar, Maktab o‘quvchi yoshlari 7 591 nafar, Professional ta’lim o‘quvchi yoshlari 1 393 nafar, Oliy ta’lim talaba yoshlari 6 483  nafar

16 346 nafar yoshlarni “Otaliqqa” olish va ular bilan manzilli ishlash maqsadida ushbu yoshlar huquq-tartibot organlarining mas’ullariga
nomma-nom biriktirildi.

Ma’lumot uchun: Mudofaa boshqarmasiga 10 ta mahalladan 3 713 nafar, viloyat prokuraturasiga 5 ta mahalladan 2 206 nafar, favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 5 ta mahalladan 2 438 nafar,  ichki ishlar boshqarmasiga 10 ta mahalladan 3 456 nafar, adliya     5 ta mahalladan 2 625 nafar, milliy gvardiya boshqarmasiga
4 ta mahalladan 1  908 nafar yoshlar.

 

Bugungi kunda “Otaliqqa” olingan yoshlarning barchasi (100%) o‘rganildi va ulardan 836 ta muammolar aniqlanib, ushbu muammolarning 836 tasi (100%) ijobiy hal etildi.

Bundan tashqari, mazkur toifa tarkibidagi “og‘ir”toifadagi va jinoyatga moyilligi bo‘lgan 70 nafarga yaqin yoshlar uchun “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini tashkil etildi.

 

  1. “Og‘ir” (qizil) toifadagi yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida:

2024 yilda “og‘ir” toifaga 194 nafar yoshlar kiritilib, ular viloyat, tuman(shahar) miqyosidagi 16 nafar idora va tashkilot rahbarlariga biriktirildi.

Bugungi kunga qadar mazkur yoshlarning 194 nafari (100%) bilan uchrashuvlar tashkil etilib, aniqlangan 65 ta muammolardan 65 tasi (100%)  ijobiy hal etildi.

Ma’lumot uchun:  5 nafari ishga joylashtirildi, 13 nafariga tadbirkorlik uchun kredit ajratildi, 4 nafariga ekin maydoni ajratildi, 1 nafari davolatildi,                   1 nafariga fan va chet tillariga o‘qitildi, Asbop -uskuna 1 Nafariga,  24 nafari toifadan chiqarildi, 16 nafariga boshqa turli yordamlar ko‘rsatildi.

  1. Yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishida:

 

2024 yilda 141 nafar ishsiz va 1167 nafar bitiruvchi
jami 1 308 nafar yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida,
2 ta yo‘nalish bo‘yicha yil yakuniga qadar mo‘ljallangan “Yoshlar bandlik dasturi” ishlab chiqildi va bugungi kunga qadar ulardan
1210 nafarining (Shundan, 141 nafari ishsiz, 1069 nafari ta’lim muassasalari bitiruvchilari) bandligi ta’minlandi.

Birinchi yo‘nalish.

2024 yilda 141 nafar ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida mahalla-sektor-tuman-viloyat miqyosida “Yoshlar bandlik dasturi” ishlab chiqilib, hozirda 141 nafar (100 %) ishsiz yoshlar bandligi ta’minlandi.

Ma’lumot uchun:  32 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi; 8 nafari kasb-hunar va zamonaviy kasblarga o‘qitildi; 15 nafariga subsidiya ajratildi; 35 nafariga yer ajratildi; 48 nafariga kredit ajratildi; 3 nafari Hududlarda tashkil etilgan alohida maxsus dastur va loyihalar doirasida bandligi ta’minlanadi.

Ikkinchi yo‘nalish.
 

2024 yilda Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi mehnat bozoriga kirib kelgan jami 1167 nafar bitiruvchi (Shundan, maktab bitiruvchilari 911 nafar, profossional ta’lim muassasalari bitiruvchilari 113 nafar, oliy ta’lim muassasalari bitiuruvchilari    143 nafar) yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida alohida “Bitiruvchi yoshlar bandlik dasturilari”  ishlab chiqildi. Hozirda 1069 nafar (92 %) bitiruvchi yoshlar bandligi ta’minlandi.

 

Ma’lumot uchun:  189 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi; 2 nafariga subsidiya asosida asbob-uskuna ajratish orqali bandligi ta’minlandi;      570 nafar yoshlarni o‘zini-o‘zi band qilgan holda bandligi ta’minlandi; 3 nafar yoshlar mehnat migratsiyasiorqali bandligi ta’minlandi; 150 nafari kasb-hunar va zamonaviy kasblarga o‘qitildi;  119 nafar yoshlar xususiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi;  10 nafariga yer ajratildi; 26  nafariga tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yish uchun kredit mablag‘i ajratish orqali  bandligi ta’minlandi.

 

  1. Yoshlarga yer ajratish yo‘nalishida:

2024 yil 23 fevral kuni Davlat rahbari boshchiligida “Yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa muvofiq Jizzax viloyatida joriy yilda ishsiz va ehtiyojmand bo‘lgan yoshlarga dehqon xo‘jaligi uchun 650 gektar ajratib berish orqali ularning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda yer olish istagini bildirgan 757 nafar yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, ularning barchasiga “Mahalla yettiligi” tomonidan (dalolatnoma asosida) ijobiy xulosa berildi.

Mazkur yoshlarga ajratilishi rejalashtirilgan 650 gektar yer maydonining bugungi kunda 650 gektari (100%) e-auksion.uz elektron platformasi orqali savdoga chiqarilgan bo‘lib, 685 nafar yoshlar tomonidan 590 gektar yer maydonlari yutib olindi.

Bugungi kunda yer maydonlari ajratilgan yoshlardan 685 nafari
590 gektar bo‘lgan yerlarga turli ekinlar ekishib, yerdan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yishdi.

 

Ma’lumot uchun:   62 nafar yoshlar 60 gektarga sabzavot, 59 nafar yoshlar 55 gektarga poliz, 151 nafar yoshlar 137 gektarga boshoqli don ekinlarini ekishdi.

 

Shuningdek agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan
500 nafar ziyod yer olish istagidagi yoshlar ishtirokida sohaga oid o‘quv seminarlari tashkil etildi.

 

  1. Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida:

2024 yilning o‘tgan davri davomida “Yoshlar daftari”da mavjud
917 nafar yoshlardan 841 nafariga (91.7 %) amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

“Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan 1 milyard 063 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Ma’lumot uchun:   11 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi; 227 nafar yoshlarga to‘lov-kontrakt uchun yordamlar ko‘rsatildi (sarflangan mablag‘–641,4mln so‘m);  
4 nafariga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati uchun pul badali to‘lab berildi (sarflangan mablag‘ – 13.4 mln so‘m);  6 nafariga haydovchilik guvohnomasi uchun pul mablag‘i to‘landi (sarflangan mablag‘ – 3.9 mln so‘m);  122 nafariga tadbirkorlik faoliyati uchun kreditlar ajratildi (sarflangan mablag‘ – 1 mlrd. 313,1 mln so‘m); 57 nafariga subsidiyalar (mehnat qurollari) ajratildi (sarflangan mablag‘ – 442 mln so‘m);  7 nafariga ijara xarajatlari uchun subsidiyalar ajratildi (sarflangan mablag‘ – 2.6 mln so‘m);  8 nafariga turar joy ijarasi to‘lovlari to‘lab berildi (sarflangan mablag‘ –23,3 mln so‘m);  28 nafariga psixologik xizmatlar ko‘rsatildi (sarflangan mablag‘ – 65 mln so‘m); 128 nafar yoshlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun (sarflangan mablag‘ –242.5 mln so‘m); 51 nafar ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlarida o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi;  195 nafar boshqa turlar bo‘yicha daftardan chiqarilgan.

 

  1. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishida:

2024 yilda “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalari (mahalla yoshlari, maktab, prof. ta’lim o‘quvchilari, oliy ta’lim talabalari va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida) orqali 50 mingdan ziyod yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish rejalashtirilgan.

Joriy yilning mart - oktabr oylari davomida 20 ta tanlov va sport musobaqalari  tashkil etilib 31 ming 113 nafar yoshlar qamrab olindi.

Joriy yilda o‘tkaziladigan olimpiada doirasidagi loyihalar mahalla yoshlari, umumta’lim maktabi o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari, shu bilan birga eng quvonarlisi joriy yildan ilk marotaba vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida ham o‘tkazishi belgilangan.

 

Ma’lumot uchun:  tadbir va loyihalar kalendar-rejasiga muvofiq mahalla yoshlari o‘rtasida 26 ta, umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida 8 ta, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 6 ta, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 5 ta, vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida 6 ta tanlov hamda turli yo‘nalishdagi sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Jumladan, bugungi kunga qadar olimpiada doirasidagi sport musobaqalarda ishtirok etish uchun 54 mingdan ziyod yoshlar  ro‘yxatdan o‘tdi.

Ushbu yoshlarimiz orasida 2 nafari hozirga qadar o‘tkazilgan sportning stol tennisi, vorkout (work-out), yengil atletika hamda paralimpiya sport turlaridan Respublika bosqichlarida munosib qatnashib sovrindorlar safidan o‘rin egallashdi.

Albatta bu ham yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilgan alohida e’tibor natijasidir. Xususan, tumanimizda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichida sovrindor bo‘lgan yoshlar mahallalarida  4 ta vorkout maydonchalari barpo etilib, yoshlar ixtiyoriga topshirilganligini aytish mumkin.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida         1 556 ta sport musobaqalari, tadbir va loyihalar tashkil etilib,
32 610 nafar yoshlar qamrab olindi.

Joriy yil iyun oyi – “Yoshlar oyligi”, deb e’lon qilinib, 39 ta mahallada “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari, tanlov, musobaqa, festivallar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlarda 35 mingdan ortiq yoshlar ishtiroki ta’minlandi.

“Yoshlar oyligi” doirasida tuman hokimi, tuman prokurori, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘ining sportning Shaxmat turi bo‘yicha “Rahbar kubogi” tashkil etildi.

Tumandagi barcha mahallalardan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol, stritbol va kurash bo‘yicha mahalla bosqichlari, mushoira tanlovi, zakovat intelektual o‘yini bo‘yicha sektor bosqichlari hamda futbol va mini futbol bo‘yichaDXX kubogi”, “Yosh musavvir” rasmlar tanlovi tuman bosqichlari yuqori saviyada o‘tkazildi.

Shuningdek, Qayirma mahallasida “Sog‘lom oila-jamiyat poydevori” shiori ostida davra suxbati, “Zakovat” tanlovi, 3-sektor mahallalarida sportning mini futbol bo‘yicha musobaqalari hamda tumandagi faol yoshlar ishtirokida Duoba mahallasida ekskursiya tashkil etildi.

Joriy yilning 19 iyun kuni “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan festival o‘tkazildi. Festival doirasida turli loyihalar, sport musobaqalari tashkil etilib, poytaxtdan tashrif buyurgan estrada yulduzlari va Dj shou ishtirokida konsert dasturi tashkil etilib, 8 ming nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Shuningdek, faol yoshlar va maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlagan bitiruvchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Joriy yilning 22 iyun kuni Duoba mahallasi yoshlari o‘rtasida milliy sport o‘yinlari va “tog‘ turizmi” musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada milliy sport o‘yinlaridan o‘smirlar o‘rtasida kurash, arqon tortish, qizlar o‘rtasida besh tosh milliy o‘yini hamda tog‘ turizmi Respublika bosqichi musobaqasida viloyatlardan kelgan sportchilar toqqa tirmashib chiqish, velemarafon, birinchi yordam, savol-javob va boshqa ekstremal sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

28 iyun – “Yoshlar kuni” “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan muloqotida tuman studiyasidan faol yoshlar ishtirok etdi.

Shuningdek, 30 iyun kuni mahallalarda “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “5000 qadam” marafoni, “Yoshlar oqshomi”, “Shanba oqshomi”, “Gulxan atrofidagilar”, “Biz bilan birga” loyihalari doirasida tadbir o‘tkazildi.

“Yoshlar oyligi” doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 39 nafar yoshlarga ko‘mak ko‘rsatildi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 39 nafar yoshlarga to‘lov-kontrakt mablag‘i uchun 40 mln. so‘m ajratildi, 5 nafar yoshlarga dori-darmon va bir martalik moddiy yordam bilan ta’minlandi.

Yana shuningdek, reja grafik asosida joriy yilning 15-30 iyul kunlari “Chilla – yosh iste’dodlar mavsumi” loyihasi doirasida Jizzax shahridagi “O‘rda ekologik bog‘i”da yoshlar uchun turli loyiha, tanlovlar, pavilonlar va konsert dasturlari tashkil etilib, mazkur tadbirlarga 500 nafarga yaqin yoshlar qamrab olindi. Tadbirlar joriy yilning 30 iyul sanasiga qadar davom etadi.

  1. Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yo‘nalishida:

Tahlillarga ko‘ra, 2024-yilning 10 oyi davomida Zomin tumanida          59 nafar (2023-39) yoshlar (18-30 yosh) tomonidan jami 59 ta (2023-41) jinoyatlar sodir etilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 taga oshgan.

 

2024 yilning 10 oyi davomida voyaga yetmaganlar tomonidan jami 7 ta (2023-6) jinoyatlar sodir etilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 taga oshgan.

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida Jizzax tajribasi sifatida an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining joriy yilgi 1-2-mavsumi tashkil etilib, mazkur o‘quv yig‘inlarga  Huquq tartibot va mudofaa organlari rahbarlariga “otaliqqa” berilgan yoshlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 468-sonli qarori bo‘yicha 10 ta toifadagi 100 nafarga yaqin yoshlar jalb etildi.

Shuningdek, huquq-tartibot va mudofaa organlariga “otaliqqa” berilgan 28 nafar yoshlar “Yosh vatanparvarlar” harbiy o‘quv yig‘inlari doirasida o‘qitildi.

 

7.1. Jinoyatchilikka moyilligi bor (VM-468-sonli qaror bo‘yicha)  yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 3-sentabrdagi 468-sonli (viloyat hokimining 2023 yil
10 oktabr kuni 510-3-0-Q/23 sonli)
qarori ijrosi yuzasidan 159 nafar jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar xatlovdan o‘tkazilganlarning muammo va ehtiyojlarini hal etish, dunyoqarashini o‘zgartirish maqsadida Prokuratura, IIB, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Adliya va Harbiy qism rahbar hamda ularning o‘rinbosarlariga biriktirildi.

 

Ma’lumot uchun: MFY kesimida Bog’ishamol MFYda 4 nafar, Qayirma MFYda 6 nafar, Birlik MFYda 1 nafar, Taraqqiyot MFYda 1 nafar, Oqtepa MFYda 5 nafar, Navbaxor MFYda 5 nafar, Xalqabod MFYda 3 nafar, Sh.Rashidov MFYda 5 nafar, Qo‘rg‘on MFYda 3 nafar, G‘.G‘ulom MFYda 1 nafar, Peshag‘or MFYda 6 nafar, Beshkubi MFYda 7 nafar, Nurlikent MFYda 3 nafar, , Navoiy MFYda 5 nafar, Qo‘shtol  MFYda 1 nafar,  Yuksalish MFYda 6 nafar, Yoshlik MFYda 10 nafar, Nixol MFYda 3 nafar, Shirin MFYda 3 nafar, O‘zbekiston MFYda 3 nafar, , Ulug‘bek MFYda 2 nafar, , Beruniy MFYda 6 nafar, Baxt MFYda 1 nafar, X.Olimjon MFYda 7 nafar, Paxtakor MFYda 5 nafar,  Bunyodkor MFYda 2 nafar, Nurafshon MFYda 5 nafar, Chilonzor MFYda 4 nafar,  Guliston MFYda 4 nafar, Turkman MFYda 1 nafar, Istiqlol MFYda 9 nafar, To‘rttom MFYda 6 nafar, Farovon MFYda 4 nafar, Obixayot MFYda 1 nafar, Duoba MFYda 7 nafar, Mustaqillik MFYda 5 nafar, G‘allakor MFYda 4 nafar, Chorvador MFYda 3 nafarni tashkil etdi.
               
Toifalar  kesimida: 1 toifa umumta’lim maktabiga bormayotgan yoki jalb etilmagan yoshlar (14-18 yoshdagilar) 17 nafar, 2 toifa Profilaktik hisobda turgan yoshlar 34 nafar,
3 toifa Probatsiya hisobida turgan yoshlar 12 nafar, 4 toifa JIEM dan chiqqan sudlanganlik muddati tugamagan yoshlar 3 nafar, 5 toifa Qimor va tavakkalchilikka asoslangan, ijtimoiy tarmoq bilan bog‘liq turli xildagi o‘yinlarga ruju qo‘ygan yoshlar

1 nafar, 6 toifa Yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan yoshlar 10 nafar, 7 toifa Oilaviy ajrim yoqasiga kelib qolgan yoshlar 12 nafar, 8 toifa Giyohvand va psixotrop moddalarni iste’mol qiluvchilar 1 nafar, 9 toifa Surunkali ravishda spirtli ichimlik iste’mol qiluvchilar
10 nafar, 10 toifa Agressiv xulq-atvorli yoshlar 59 nafar yoshlar ro‘yxati  shakllantirildi.

 

 

Bugungi kunga qadar 159 nafar yoshlarning barchasi bilan uchrashuvlar tashkil etilib,  ulardan 745 ta muammolar aniqlandi. Aniqlangan muammolarning 745 tasi (100 foizi) o‘z yechimini topdi.

Bundan tashqari, tuman (shahar)larda joriy yilning yanvar oyi davomida tasdiqlangan reja-grafik asosida viloyat hokimligi, Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda mazkur toifadagi yoshlar bilan uchrashuvlar davomida aniqlangan 139 ta muammolardan bugungi kunga qadar 139 tasi (100%) ijobiy hal etildi.

  1. Xorijiy migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida:

2024 yilning 1 aprel holatiga tumanimizdan 666 nafar yoshlar xorijga o‘qish yoki ishlash uchun ketgan bo‘lib, joriy yilda ularning  145 nafarini qaytarish va ishlash istagidagilarni bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.

Jumladan:

145 nafar xorijga ishlash yoki o‘qish uchun ketgan yoshlar bilan sektor rahbarlarining onlayn uchrashuvlarini tashkil etiladi;

115 nafar xorijga ishlash yoki o‘qish uchun ketgan yoshlarning ota-onalari bilan sektor rahbarlari tomonidan uchrashuvlarini o‘tkaziladi;

137 nafar xorijdan qaytgan yoshlarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish choralari ko‘riladi.

Bugungi kunda mazkur yoshlardan 50 nafari mamlakatimizga qaytgan bo‘lib, ularning 4 nafari rasmiy band, 3 nafariga yer ajratilgan
5 nafariga kredit berilgan, 32 nafari norasmiy band.

  1. Iqtidorli yoshlarni izlab topish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish yo‘nalishida:

Zomin tumanida 5 ta professional ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda. (1 ta kasb-hunar maktabi, 2 ta kollej va 2 ta texnikumlar) hamda 72 ta umumta’lim maktablari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Ta’lim bilan qamrab olinganlar soni 289 533 nafar (oliy ta’lim muassasalarida 6483 nafar (shundan 6 444 nafari bakalavriat hamda
39 nafar magistratura bosqichlari talabalaridir. Professional ta’lim muassasalarida 1 393 nafar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida 46 488 nafar) ni tashkil etadi.

Zakovat intellektual o‘yinlari bo‘yicha:

2024 yil hisobiga Zomin tumanida 39 ta (1 722 nafar a’zo ) “Zakovat” klublari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jami 140 ta jamoa shakllantirildi. Jumladan, tumandagi MFYlarda 4 ta (240 nafar a’zo), maktablarda 31 ta              (1236 nafar a’zo), professional ta’lim muassasalarida 3 ta (180 nafar a’zo), Prezident maktabi va ixtisoslashtirilgan maktablarda 1 ta (66 nafar a’zo) klublar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Klublar tomonidan joriy yil boshidan bugungi kuniga qadar
600 marotaba intellektual o‘yinlar tashkil qilindi.

Shaxmat musobaqalari bo‘yicha:

Shaxmatni “nol”dan boshlab bepul, tez va oson o‘rgatishga qaratilgan “UzChess” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan videodarsliklar orqali hududda 2 759 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, bepul shaxmat o‘rganishmoqda.

Kelajak kasblari loyihasi bo‘yicha:

 “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida tumanda hozirgi kunda
3 nafari yoshlarga o‘quv kurslari uchun  8.9 mln.so‘m mablag‘ to‘lab berildi.

“Ibrat Academy” mobil ilovasi orqali 5 122 nafar yoshlar xorijiy tillarni o‘rganib kelishmoqda, bugungi kunga kelib 308 nafar yoshlar sertifikat olgan.

Bundan tashqari Hududlarda yoshlarni zamonaviy kasb va xorijiy tillarga o‘qitish, ularda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, xalqaro miqyosda xizmatlar ko‘rsatish orqali yuqori daromad topish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida joriy yil “Nurobod tumani tajribasi” asosida Zomin tumanida IT-shaharcha” tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur shaharcha faoliyatini boshlashi bilan 15 dan ortiq tadbirkorlik yo‘nalishlari tashkil etiladi hamda 320 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

2024 yilning bugungi kuniga qadar tumanimiz yoshlaridan 75-maktab o‘quvchilari Ergashev Xondamir Jahongir o‘g‘li, Normatov Ozodbek Dilshod o‘g‘li Amerikaning nufuzli universitetlariga muddatida oldin talaba bo‘lishdi.

Shuningdek, Respublika olimpiadasining 3-bosqichida 15-maktabning         9-sinf o‘quvchisi Pardaboev Sunnatillo G‘ofurjon o‘g‘li geografiya fanidan              1-o‘rin, 60-maktabning 9-sinf o‘quvchisi O‘rozaliev Qiyomiddin ingliz tili fanidan  1-o‘rin, 58-maktabning 11-sinf o‘quvchisi  Abdujalilova Odina Norqul qizi tarix fanidan 2-o‘rin, 13-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sodiqova Durdona Shukrillo qizi o‘zbek tili fanidan 2-o‘rinni egallashdi.

Bu borada sportchi yoshlarimiz ham qator yutuqlarga erishdi. Xususan, sportchilarimiz O‘zbekiston chempionatlarida 5 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza, Jahon va Osiyo chempionatlarida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, yirik Xalqaro musobaqalarda 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Natijada, bugungi kunda tumanimizda 15 nafar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, 5 nafar sport ustasi, 62 nafar sport ustaligiga nomzodlar yetishib chiqdi. Bundan tashqari Taekvondo VT sport turi bo‘yicha Sobirjonova Ozoda “Parij-2024” olimpiyadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

2025 yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan vazifalar:

2025 yilda Yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshiriladigan maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilab olish maqsadida “Yoshlar ombor daftari” tizimi joriy etilib, jami 9 ta yo‘nalishda maqsadli ko‘rsatkichlar asosida choraklar kesimida reja asosida ijrosini  taminlash. Jumladan:

Birinchidan,  Davlat ko‘magiga muhtoj 194 nafar “og‘ir” (qizil) toifadagi yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qilish orqali hayoti yaxshilanishiga erishiladi hamda 160 nafar yoshlar yashil toifaga o‘tkaziladi.

Ikkinchidan,  Ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishida jami 141 nafar ishsiz yoshlarni kasb-hunar, zamonaviy kasblar va tadbirkorlikka o‘qitish, subsidiya, yer maydoni va kreditlar ajratish orqali bandligi ta’minlanadi.

Uchinchidan, Bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishida
2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilari soni 3060 nafarni tashkil etib, ularning    1 935 nafari ta’limning keyingi bosqichiga, 1 167 nafar yoshlarni kasb-hunar, zamonaviy kasblar va tadbirkorlikka o‘qitish, subsidiya, yer maydoni va kreditlar ajratish orqali bandligi ta’minlanadi.

To‘rtinchidan, Xorijiy davlatlarga ishlash, o‘qish va boshqa maqsadlarda chiqib ketgan 666 nafar  yoshlar yoshlar bilan manzilli ishlash, ushbu yoshlar bilan sektor rahbarlari va mutasaddi korxona va tashkilotlarni onlayn uchrashuvlarini tashkil qilish, ularni ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil qilish hamda vatanga qaytarib, bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.

Beshinchidan, Norasmiy band yoshlarga o‘zini-o‘zi band qilish orqali bandligini ta’minlashga ko‘maklashish yo‘nalishida jami 7 992 nafar yoshlarning manzilli ro‘yxatini shakllantirib, rasmiy sektorga o‘tkazilib, bandligini ta’minlashga ko‘maklashiladi.

Oltinchidan, “Yoshlar daftari” imkoniyatlari orqali 820 nafar yoshlarni daftarga kiritib yil yakuniga qadar ijtimoiy iqtisodiy muammosi  bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Yettinchidan, Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan tizimli ishlash yo‘nalishida jinoyatchilikka moyilligi bor bo‘lgan Huquqni muhofoza qiluvchi hamda mudofaa organlariga biriktirilgan 159 nafar yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ushbu yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish bo‘yicha manzilli ishlar tashkil qilinadi.

Sakkizinchidan,  Mahallalarda yoshlarni “Besh tashabbus olimpiadasi”ga jalb etish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishida jami  35 073 nafar yoshlar qamrab olinadi. Jumladan, “Besh tashabbus olimpiadasi”da 18 994 nafar, harbiy vatanparvarlik tadbirlarida 5 954 nafar hamda boshqa loyiha va tanlovlar orqali 10 125 nafar yoshlaring bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish choralari ko‘riladi.

To‘qqizinchidan, Iqtidorli yoshlarni izlab topish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish maqsadida jami 192 927 nafar yoshlar qamrab olinadi. Jumladan, “Ibbrat Academy” mobil ilovasi orqali 3 912 nafar, “UzChess” loyihasiga 4035 nafar, "Ibrat farzandlari" Youtube platformasi foydalanuvchilari hisobiga 4 046 nafar, volontyorlik va liderlik loyihalarga 18 577 nafar hamda intellektual o‘yinlarga 2 426 nafar yoshlarni keng jalb qilish choralari ko‘riladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar