ZOMINDA "XORIJIY TILLARNI O'QITISH SIFATINI OSHIRISH VA O'QUVCHILARNI KASBGA YO'NALTIRISH" MAVZUSIGA BAG'ISHLANGAN O'QUV-SEMINAR BO'LIB O'TDI
Kuni kecha Jizzax viloyati xalq ta'limi boshqarmasi hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda "Xorijiy tillarni o'qitish sifatini oshirish va o'quvchilarni kasbga yo'naltirish" mavzusiga bag'ishlangan viloyat o'quv-seminari tashkil qilindi.
O'quv-seminarda Jizzax Davlat pedagogika universiteti rektori Shavkat Sharipov so'zga chiqib, ta'lim klasteri: o'quvchilarni kasb-hunarni egallashi va xorijiy tillarni o'zlashtirishidagi amaliy ishlar to'g'risida o'z ma'ruzasida aytib o'tdi.
Jizzax viloyat xalq ta'limi boshqarmasi xorijiy tillar metodisti Tojiboyeva Xurshida xorijiy tillarni o'qitishda samarali texnalogiyalar hamda vositalarni qo'llash imkoniyatlari haqida o'z ma'ruzalarida to'xtalib o'tdi.
Yoshlarni zamonaviy kasblarni o'rganishidagi mavjud muammolar va uning yechimini bugun tegishli tashkilotlar bilan bir bo'lib, hamkorlikda ishlamas ekanmiz o'quvchilarga xorijiy tillarni hamda kasb-hunarni o'rgata olmaymiz. "Xalq ta'limi hamda oliy ta'lim o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish ortidan sifatli natijalarga erishamiz" - deydi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Ro'zibek To'rayev. Bundan tashqari hozirda respublika bo'ylab o'rganishlar olib borilmoqda. Bunda o'quvchining qaysi kasb egasi bo'lishga qiziqishi borligi hamda o'zi xohlagan ikkinchi xorijiy tili tanlashi o'rganilmoqda.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati