Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Jizzax shahri belbog‘li kurash bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Jizzax shahri belbog‘li kurash bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

15 май 2023 йил
177
0

Milliy sport turimiz bo‘lgan belbog‘li kurash yildan-yilga dunyo bo‘ylab ommalashib bormoqda. An’anaviy o‘tkazilayotgan jahon chempionatlari, xalqaro turnirlar belbog‘li kurash tobora rivojlanishiga xizmat qilayotgani bor gap.

Yana bir yaxshi yangilik.  

Joriy yilning 20-25 may kunlari Jizzax shahrida ilk bor kattalar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Birlashgan kurashlar olami (UWW), Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Jizzax  viloyati prokuraturasi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu Osiyo chempionatida O‘zbekiston, Hindiston, Eron,  Indoneziya, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 20 ga yaqin davlatlarning nomdor polvonlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Birlashgan kurashlar olami (UWW) tasnifiga kiruvchi belbog‘li kurash bo‘yicha o‘tkazildigan Osiyo chempionatida erkaklar -57,-62,-68,-75,-82,-90,-100  hamda +100  kilogramm vazn toifalarida kuch sinashadi. Ayollar -52,-58,-66,-76,+79 kilogramm vaznlarda bellashishadi. Shuningdek, musobaqa doirasida reglamentga muvofiq, Birlashgan kurashlar olami (UWW) tarkibidagi Qozog‘istonning "Qazaq kuresi" va Qirg‘izistonning "Alish" kurash sport turlari bo‘yicha ham Osiyo chempionati o‘tkaziladi.

Ayni paytda Jizzax viloyatida Osiyo chempionatini munosib tarzda o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Odam savdosi hudud bilmas jinoyat
08 май 2023, Понедельник
Odam savdosi hudud bilmas jinoyat
“VATANPARVARLAR KARVONI” ZOMINDA
31 март 2023, Пятница
“VATANPARVARLAR KARVONI” ZOMINDA
TEZKOR PROFILAKTIK TADBIR
11 февраль 2023, Суббота
TEZKOR PROFILAKTIK TADBIR
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar