“Turk dunyosi fotograflari uchrashuvi” Zominda
Bugungi kunda Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan turkiy tilli davlatlarda mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib etish hamda ushbu davlatlardan yurtimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Xalqaro turkiy davlatlar tashkiloti (TURKSOY) ga a’zo mamlakatlarning nufuzli nashrlarida faoliyat ko‘rsatuvchi fotograflarning joriy yilning 7-iyul kuni Jizzax viloyati, Zomin tumaniga sayohati tashkil etildi.
Mahoratli fotograflar TURKSOYga a’zo mamlakatlar aholisini viloyatning turizm va madaniy salohiyati haqida tanishtirishga qaratilgan mediamateriallar tayyorlashi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berildi.
Sayohat davomida delegatsiya a’zolari Zomin tumanining turizm salohiyatidan kelib chiqqan holda, gastronomic turizm bo’yicha tandir go’sht va patir tayyorlanish jarayoni, milliyligimizni namoyish etish maqsadida hunarmandlar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi va tasvirga olishdi. Bundan tashqari diqqatga sazovor joylar, turizm obyektlari va viloyatning etnografik urf-odatlarini aks ettiruvchi badiiy chiqishlar bilan ham yaqindan tanishdilar.
Xalqaro fotograflarni Zomin tumani Milliy tabiat bog‘i va zamonaviy mehmonxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Turk dunyosi fotograflari tomonidan tayyorlangan sifatli kontentlar doimiy tarzda o‘z mamlakatlarida tashkil etiluvchi ko‘rgazmalarda va o‘z mamlakatlarining nufuzli bosma va internet OAVlarida namoyish etib boriladi.