Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Uy-joy, oshxona binosi sud qaroriga asosan buzildi

Uy-joy, oshxona binosi sud qaroriga asosan buzildi

02 август 2023 йил
184
0

 

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini qaytarish va noqonuniy qurilishlarni buzilishiga ayrim fuqarolarning bu borada huquqiy bilim darajasi yetarli emasligi yoki biror bir qurilish qilish yoki yerni sotib olish, uni hujjatlarini rasmiylashtirish haqidagi huquqiy bilimga ega emasligi sabab bo‘lmoqda.

Byuroning Zomin tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining 13.02.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan fuqaro T.Azimov tomonidan Zomin tumani G‘.G‘ulom mahallasida joylashgan binosi va devor qurilmalari javobgar hisobidan buzdirish belgilangan.

Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga ijro ishi qo‘zg‘atilib, nusxalari tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga Zomin shaxri G‘.G‘ulom mahallasidagi T.Azimga tegishli  uy-joy, oshxona binosi, xammom binosi va devor qurilmalari binosi o‘z hisobidan buzdirish yuzasidan ogohlantirilgan.

Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan 02.08.2023 yil kuni soat 10:00 ga majburiy ijro tayinlanib, mas’ul xodimlar va xolislar ishtirokida mazkur qurilmalar majburiy tartibda buzib tashlandi.

Agar tegishli tashkilotlarning xulosalari olinib, o‘z vaqtida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirganda, ortiqcha harakat va xarajatlar bo‘lmagan bo‘lar edi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar