Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi

Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi

01 сентябрь 2023 йил
1 142
0

 Rasmiy ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyev, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

   

“Prezidentimiz tashabbusi bidan amalga oshayotgan ushbu loyihaning amalga oshirilishi Zomin aholisi daromadining ko‘payishiga va yoshlar bandligini ta’minlashga xizmat qiladi. Zero loyiha ortidan mahalliy aholi ishlab, daromad topadigan ko‘plab infratuzilmalar, jumladan, umumiy ovqatlanish, transport, suvenirlar, restoranlar, kafelar va boshqa xizmat ko‘rsatish turlari rivojlantiriladi”, - deya ta’kidladi Ergash Saliyev.

  “Tres 001” qurilish tashkiloti tomonidan bunyod etilgan Zomin aeroporti 30 o‘ringa mo‘ljallangan yo‘lovchi terminaliga ega bo‘lib, qurish uchun 60 gektar yer maydoni ajratilgan. Ob’ektda jami 200 dan ziyod ishchi xodimlar va 110 ta texnikalar bilan ishlar olib borilmoqda.

 

Shuningdek, hozirda aeroport infratuzilmasi, muxandislik kommunikatsiyasi, uchish-qo‘nish, xarakatlanish yo‘laklari va perronni loyihalash hamda qurilish, uchish va qo‘nishni ta’minlash bo‘yicha radio va aeronavigatsiya uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

Turizm sohasining eng muhim va etibor talab etadigan muhim bir jihatlardan biri bu - transport infratuzilmasidir.

Hududga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun transport infratuzilmasining qanchalik darajada qulay va samarali bo‘lishi ularning sayohat davomiyligini uzaytirishiga sabab bo‘ladi.

Xabaringiz bor, 2022 yilning oktabr oyidan boshlab Zomin tumanining Dashtobod shaharchasi temir yo‘l bekatiga “Afrosiyob” tezyurar poezdi to‘xtab o‘tishi tashkil etilgan edi. Bu orqali sayyohlarning tumanimizga kelib-ketishida qo‘shimcha qulaylik yaratilgan bo‘lsa, bugun foydalanishga topshirilayotgan Aeroport va aviaqatnovlar orqali  respublikamizning olis hududlaridan mahalliy sayyohlarni, poytaxt Toshkent shahri va boshqa viloyatlarimizdan xorijiy sayyohlar guruhlarining qisqa tashriflarini samarali tashkil etish imkoniyatini yaratadi.

Bir so‘z bilan aytganda, tumanimiz yildan-yilga yuksalib barcha sohalarda – iqtisodiyot, ishlab chiqarish, qurilish, xizmat ko‘rsatish, turizm yo‘nalishlarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar