ZOMINDA MEHNAT YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI
Zomin tumanida tuman hokimligi, Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo’limi tashabbusi bilan tumandagi “WELL RIGTH” MCHJ binosida “Boʼsh ish oʼrinlari” mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Yarmarka qatnashchilariga zarur ijtimoiy shart sharoitlar yaratildi, tumandagi “WELL RIGTH” MCHJ mahsulotlari ko'rgazmalari tashkil etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi “Аholi bandligi to'g'risida”gi Qonuni hamda Mehnat Kodeksi boʼyicha maslahat berish burchaklari, bo'sh ish o'rinlari bo'yicha stendlar tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi “Аholi bandligi to'g'risida”gi Qonuni va Mehnat Kodeksi bo'yicha murojaat qilgan fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo'yicha amaliy maslahatlar berildi.
Yarmarkada murojaat qilgan 38 fuqarolardan 12 nafari o'z sohalari bo'yicha oʼzlariga ma'qul bo'lgan ish bilan ta'minlandi, 5 nafar fuqaro Zomin kasb hunarga o'qitish maktabiga o'qishga yo'llanma asosida yuborildi.