DIQQAT E’LON !!!
DIQQAT E’LON !!!
“Zomin uzumi” qishloq xo‘jaligi kooperativi tomonidan mahallamizning 25 gektar yer maydonida loyiha qiymati jami 4,1 mlrd. so‘mlik bo‘lgan “tayyor holda topshirish” sharti bilan intensiv tokzorga asoslangan uzumchilik kooperatsiyasi tashkil etildi.
Hozirda, loyiha doirasida kooperativ tomonidan tik quduq, tomchilatib sug‘orish tizimi, suv havzasi barpo etildi hamda atrofi temir to‘siqlar bilan to‘liq o‘rab chiqildi va mayizbop uzum ko‘chatlarni ekish ishlari yakunlandi. Beton shpallerlarni o‘rnatish ishlari yakunlanish arafasida.
Ushbu yerlar 0,25 gektargacha bo‘lgan hajmda 10 yilgacha muddatga fuqarolarga oilaviy (jamoaviy) pudrat shartnomasi yoki ikkilamchi ijara asosida “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi doirasida yillik 14 foiz bo‘lgan 7 yil muddatli 33 mln. so‘mgacha bo‘lgan kredit hisobiga (imtiyozli davri 3 yil) “tayyor holda topshirish” sharti bilan ajratilib beriladi.
Fuqarolar ajratilgan yerlaridagi uzum ko‘chatlari 3 yil davomida hosilga kirgunga qadar, kooperatsiya bilan kelishuv asosida tokzorning tomchilatib so‘g‘orish tizimidan foydalangan holda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib, daromad topishlariga imkon yaratiladi.
(Batafsil ma’lumot planshetda berilmoqda.)
Kreditni rasmiylashtirish hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida amalga oshiriladi.
Yer ajratilgan fuqarolarga o‘zini-o‘zi band qilish orqali mehnat staji hisoblanib, kelgusida pensiya olish imkoniyati ham yaratiladi.
Hurmatli fuqarolar, loyiha doirasida yerlar cheklangan bo‘lib, 100 nafargacha fuqarolarga ajratilishi rejalashtirilganligi sababli, ushbu imkoniyatdan foydalanib qolishingizni so‘raymiz!
Ushbu loyiha bo‘yicha har qanday masalada hokim yordamchisiga hamda loyiha tashabbuskoriga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefon: +998933098666