“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...
2023-yil 11-oktabr kuni Prezidentimiz tomonidan turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish ishlarini boshlash borasida bir qator topshiriqlar berilgan edi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G’.Qodirov, tuman hokmi A.Abdug’aniyev, tuman IIB boshlig'i J.Shodmonov, tuman prokurori X.Abdullayev Zomin tumanining Mustaqillik mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida o`tkazilgan hasharda qatnashdi.
Mazkur jarayonda iqlim va yer sharoitiga mos daraxt navlarini tanlashga alohida e’tibor qaratilayapti.
Tadbir davomida Mustaqillik MFY hududidagi 2 gektar maydonga 2200 dona arch ava terak ko'chatlari ekildi.
"Yashil makon" doirasidagi mazkur sa'y-harakatlar davom etmoqda...