Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI

YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI

28 ноябрь 2023 йил
279
0

Havo sovib borgan sayin isitish moslamalariga ehtiyoj ortib boradi. Shu davrda tabiiy gaz yoki muqobil yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanish hajmi keskin oshgani sababli uy-joyda, tunda insonlar qoladigan joylarda ehtiyot choralariga amal qilmaslik holatlari ko‘p uchraydi. Isitish muammosi bilan bog‘liq fojealarning tez-tez bo‘lib turishi sababli qish fasli yilning eng tashvishli mavsumi hisoblanadi.

 Bir necha yillardan beri har yili aynan qish mavsumi arafasida mamlakatimizda yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi. 

  Belgilangan tartibga ko‘ra, joriy yil 15 noyabr –15 dekabr kunlari respublika hududida “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni  o‘tkazish belgilangan. Qayd etilishicha, 2022 yil o‘tkazilgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” davrida yong‘inlar soni 6,5 foizga, jarohat olish holatlari esa 31 foizga kamayishiga erishilgan.  

 

Tadbir doirasida birinchi galda aholining yong‘in xavfsizligi masalalarida bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda ularda shaxsiy xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda uy-joy fondini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish asosiy maqsad qilib olingan.  “Yong‘in xavfsizligi oyligi”da yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va aholi orasida tushuntirish ishlarini tashkillashtirishga Zomin tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining kuch va  vositalari, boshqa vazirlik va idoralar hamda keng jamoatchilik safarbar etilib, ishchi guruhlar tomonidan barcha turkumdagi ob’ektlarda, ayniqsa, ko‘p kvartirali uylar va yakka tartibdagi uy-joylar, bozor, yirik savdo majmualari va aholi ko‘p to‘planadigan boshqa ob’ektlarda keng qamrovli profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari  kuchaytirildi.

   

Mahallalarda “xonadonbay” tartibida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarda aholi o‘rtasida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish yoki havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari, maktabgacha ta’lim va barcha turdagi ta’lim tashkilotlarida katta guruh tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talabalar bilan yong‘inlar, is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashining ayanchli oqibatlari, ushbu fojealardan saqlanish choralariga o‘rgatish maqsadida maqsadli musobaqa va viktorinalar, mashg‘ulotlar va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Oylik doirasida Zomin tuman Abu Ali ibn Sino nomli jamoat texnikumida 133 nafar o‘quvchi va ishchi xizmatchilar ishtirokida, Zomin tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 120 nafar xodimlari ishtirikida yig‘ilishlar o‘tkazildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

PROFILAKTIKA
30 сентябрь 2023, Суббота
PROFILAKTIKA
PROFILAKTIK TADBIRLAR
16 август 2023, Среда
PROFILAKTIK TADBIRLAR
“Taraflar sayyor sudda yarashdi”
09 июнь 2023, Пятница
“Taraflar sayyor sudda yarashdi”
Vazir deputatlar savollariga javob qaytardi
17 март 2023, Пятница
Vazir deputatlar savollariga javob qaytardi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar