Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » PROFILAKTIK TADBIRLAR

PROFILAKTIK TADBIRLAR

16 август 2023 йил
163
0

 

Zomin tumani FVB bo‘limi tomonidan joylarda aholiga, qurilish ishlari olib borilayotgan, qayta re­konstruksiya qilinayotgan va kapital ta’mirlanayotgan ob’ektlarning xavfsizlik holati, ShNK va boshqa me’yoriy-normativ hujjatlarga amal qilinishi borasida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Tadbirlar davomida quruvchilarga ob’ektda yong‘in yuz bergan vaqtda yoki favqulodda holat sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi, unda birinchi navbatda bo‘limning tezkor "101" yoki "1050" qisqa raqamiga zudlik bilan xabar berish lozimligi, fuqarolarni xavfli hududdan evakuatsiya qilish, shaxsiy va ish hujjatlarini xavfsiz joyga olib chiqish, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari kelgunga qadar yong‘in tarqalishining oldini olish xususida yo‘riqnomalar berilyapti.

 

Uchrashuvlar davomida quruvchilarni tasdiqlangan loyiha hujjatlaridan chetga chiqmaslik, binolar, inshootlar, asbob-uskuna va jihozlardan faqat loyiha va ekspluatatsion-texnik hujjatlarda belgilangan maqsadlarda va yong‘in xavf­sizligi talablariga rioya qilingan holda foydala­nish, qurilayotgan bino va inshootlar ichki hududida yonuvchi modda va materiallarni saqlamaslik, vaqtinchalik turar joylarda nosoz elektr pechlari, qo‘lbola gaz ballonlari va elektr sim va kabellaridan foydalanmaslik borasida tushunchalar berilib bormoqda.

 

Bunday tadbirlar tuman xududidagi “EVROAZIYA MOTORS” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishida ishlayotgan 25 nafar quruvchilar, “ENTER INGINEERING PTE.LTD” firmasi tomonidan qayta rekonstruksiya qilinayotgan “Muruvvat uyi” qurilish ishlarida ishlayotgan 145 nafar quruvchilari ishtrokida yig‘ilishlar o‘tkazilib tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Zomin tuman FVB

boshlig‘i o‘rinbosari kapitan

Xolmuradov Sanjar

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Ehtiyotsizlik oqibati – javobgarlikka sabab bo‘ladi
31 июль 2023, Понедельник
Ehtiyotsizlik oqibati – javobgarlikka sabab bo‘ladi
“Taraflar sayyor sudda yarashdi”
09 июнь 2023, Пятница
“Taraflar sayyor sudda yarashdi”
Vazir deputatlar savollariga javob qaytardi
17 март 2023, Пятница
Vazir deputatlar savollariga javob qaytardi
ZOMIN TUMANI HOKIMINING QARORI
27 февраль 2023, Понедельник
ZOMIN TUMANI HOKIMINING QARORI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar