Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Qonunning mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Qonunning mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi

18 январь 2024 йил
104
0

Zomin tuman hokimligi binosida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi O.Egamberdiev va sudya A.Pulatovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Qonunning mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda Zarbdor tumanlararo sudi raisi O.Egamberdiev kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini aytib o‘tdi.

Jumladan, 4-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi «apellyatsiya va kassatsiya» degan so‘zlar «apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish» degan so‘zlar bilan almashtirilildi.

6-modda:

uchinchi qismidagi «Apellyatsiya, kassatsiya» degan so‘zlar «Apellyatsiya, kassatsiya va taftish» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilildi.

17-moddaning:

uchinchi qismidagi «apellyatsiya va kassatsiya» degan so‘zlar «apellyatsiya, kassatsiya va taftish» degan so‘zlar bilan almashtirilildi.

to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi.

20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, bu ishni takroran ko‘rishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish hollari mustasno.

 

Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya shu ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.

Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.

Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.

Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas»;

 

«Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida ko‘rish Rayosat a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lganda amalga oshiriladi»

50-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«50-modda. Ishda prokurorning ishtiroki

Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.

Agar fuqaro sog‘lig‘ining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlariga da’vo arizasini (arizani) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o‘rinbosarlari taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlariga da’vo arizasini (arizani) taqdim etishga haqli»;

125-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.

138-modda:

ikkinchi qismining ruscha matnidagi «prisujdayutsya» degan so‘z «prisujdayutsya s otvetchika» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

yettinchi qismidagi «apellyatsiya va kassatsiya» degan so‘zlar «apellyatsiya, kassatsiya va taftish» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

155-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«Sud (sudya) tayinlagan muddatlar sud (sudya) tomonidan uzaytirilishi mumkin»;

ikkinchi qismi «sud» degan so‘zdan keyin «(sudya)» degan so‘z bilan to‘ldirilsin;

oltinchi qismi «tiklashni rad etish» degan so‘zlardan keyin «yoxud tiklash» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

168-moddaning uchinchi qismi «apellyatsiya, kassatsiya» degan so‘zlardan keyin «yoki taftish» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

181-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin»Yig‘ilish so‘ngida, yig‘ilganlarning savollariga batafsil javob berib, muammolarni qonuniy hal qilish uchun barchamiz mas’ulligimizni, amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor bo‘lib borishimiz, faqatgina davlat organlari tomonidan takliflar ishlab chiqish harakatlarini amalga oshirish emas, balki tadbirkorlar tomonidan tashabbus bilan chiqilishi lozimligi, davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda barchamiz mas’ul ekanligimiz to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga tushuntirishlar berdi.

Yig‘ilish savol-javoblarga boy tarzda yakunlandi.


Fuqarolik ishlari bo’yicha

Zarbdor tumanlararo sudi raisi

O.Egamberdiev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Odam savdosi
25 ноябрь 2023, Суббота
Odam savdosi
Ehtiyotsizlik oqibati – javobgarlikka sabab bo‘ladi
31 июль 2023, Понедельник
Ehtiyotsizlik oqibati – javobgarlikka sabab bo‘ladi
“Taraflar sayyor sudda yarashdi”
09 июнь 2023, Пятница
“Taraflar sayyor sudda yarashdi”
Odam savdosi hudud bilmas jinoyat
08 май 2023, Понедельник
Odam savdosi hudud bilmas jinoyat
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar