Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi maktabda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi mavzusida ochiq dars o‘tdi
Zomin tuman Shirin qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 7-son maktabda Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Begmatov tomonidan 10-sinf o‘quvchilariga “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mavzusida ochiq dars o‘tib berildi.
Ma’ruzachi tomonidan o‘quvchilarga “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ta’lim sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan yangiliklar, 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etilishi, yangi ta’lim dasturlari, dars o‘tishning ilg‘or metodiklari va o‘quvchi bilimini baholashning zamonaviy usullarini tashkil etilishi, shuningdek, jinoyat sohasiga oid diniy mazmundagi materillarni qonunga hilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish, unga nisbatan javobgarlik asoslari haqida bayon qilindi.
Ochiq dars savol-javob ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.