Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zominda sudyalar va o‘quvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Zominda sudyalar va o‘quvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

06 февраль 2024 йил
194
0

 Jizzax viloyat sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi D.Eshmatov va jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudi raisi Sh.Shamshiev tomonidan 2024 yil 4 fevral kuni Jizzax viloyat sudi, Jizzax viloyat ma’muriy sudi va Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan “Yoshlarning huquqiy bilimi va madaniyatini oshirish, amaldagi va yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini jamoatchilikka tushuntirish bo‘yicha keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish maqsadida barcha sudyalarni o‘zlari biriktirilgan MFYlardagi maktablarga doimiy biriktirish, ularda mavjud huquqiy muammolarni o‘rganish va tizimli hal etish yuzasidan sayyor uchrashuvlar, ochiq muloqotlar o‘tkazish” rejasiga muvofiq Zomin tumani “G‘afur G‘ulom” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli maktab binosida o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlari bilan ochiq muloqot shaklida sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida o‘quvchi yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan so‘nggi yillarda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda yaqinda qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy ma’lumotlar berildi.

 Shuningdek yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan ayrim huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida, ularning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi, o‘quvchi yoshlarga yod g‘oyalarga ergashmaslik, qonunlarni hurmat qilish, ularga rioya etish, har qanday qonunbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligi, ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya harakat nafaqat o‘zlariga balki yaqinlariga ham o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmasligi, shu sababli qonunlarni yaxshi bilish, ularga rioya etish, bu borada atrofdagilarga o‘rnak bo‘lish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berildi.

 Sudyalar tomonidan maktab o‘qituvchi pedagog xodimlari va o‘quvchi yoshlarning huquqiy mavzudagi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi. 

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Zomin tuman sudi 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar