Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Dunyodagi eng qimmat reza meva - golubika haqida bilasizmi? Uni siz ham yetishtirishingiz mumkin

Dunyodagi eng qimmat reza meva - golubika haqida bilasizmi? Uni siz ham yetishtirishingiz mumkin

18 апрель 2024 йил
456
0

Golubikaning foydasi va tuproqqa talabi - AGRO.UZ

Yurtimizda noan’anaviy rezavor mevalardan biri Golubika yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Golubika juda ham foydali va mazali rezavor meva, tarkibida ko‘p miqdorda vitamin va minerallar mavjud. Hozirgi kunda iqlimi mos kelgan davlatlarda sanoat miqiyosida ekish daromadli bizneslardan hisoblanadi. Golubika ko‘chatlari butasimon shaklida, balandligi  2-2.5 metr atrofida bo‘ladi. Mevasining bahosi, fasl omiliga qarab, har bir kilogrami uchun 10-25 dollargacha o‘zgarib turadi. Olti yoshli  golubika mevalarining hosildorligi har bir tupga 5 kilogramgacha yetadi. Bir gektar maydonga 3000 tupgacha ko‘chat ekiladi. Besh-olti yildan keyin bir mavsumda gektaridan 15000 kg. atrofida golubika mevasi hosilini yig‘ib olish orqali ulgurji narxini  taxminan kamida 10 dollardan hisoblaganda bir mavsumga har gektar maydondan 150 ming dollar daromad qilish mumkin. Golubika mevasi jahon bozorida eng qimmat rezavorlardan biri ekanligi inobatga olinsa, transport vositasi orqali uzoq yurtlarga yetkazishda logistikaning qimmatligi, uni O‘zbekistondan boshqa mamlakatlar bozorlariga yetkazib berishda qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak. O‘zbekistonda golubika mevasini qo‘lda yig‘ib olish uchun ishchi kuchlari yetarli bo‘lgani sababli, mamlakatimizdagi qishloq aholisi uchun ushbu rezavorlarni ancha yuqori narxlarga sotish orqali katta daromadlar olish imkonini beradi.

Golubika ko‘p yillik buta  bo‘lib, o‘rtacha 70-80 yil davomida hosil beradi. Uning mevalari 1-1,5 oy turining xilma-xilligiga va iqlimga qarab, may-iyul yoki iyul-avgust oylarida pishadi. Ertapishar navlar mayning uchinchi o‘n kunligidan boshlab, kechpishar navlar iyul oyining 2 dan 3 dekadalariga qadar o‘rta va to‘la pishib yetiladi. Har bir navning pishib yetilish davrida 3 4 martagacha meva hosili terib-yig‘ib olinadi. 

Golubika xalq tabobatida va rasmiy tibbiyotda qo‘llaniladi. Yangi (svejiy) mevalari singaga qarshi chora bo‘lib, oshqozon sekresiyasini va oshqozon shirasining hazm kilish kuchini oshiradi.  Uning tarkibida 8 foizgacha qand moddalari, 2,7 foizgacha organik kislotalar, 1 foizacha oqsil kabilar mavjud. Qand va kislotalar pektin va oshlovchi moddalar bilan birgalikda Golubika mevalarining o‘ziga xos ta’mini hosil qiladi. Ular ishtaha ochuvchi, oshqozon va oshqozon osti bezi shirasi ishlab chiqarishini kuchaytiradi, qondagi qand moddasini normallashtiradi. Organizm qarishini sekinlashtiradi, kosmetalogik xususiyatlariga ko‘ra inson tansini yoshartiradi. Shuningdek, pektin moddalar ularni oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda, odam organizmiga radiaktiv va og‘ir metallar tushish ehtimoli bo‘lgan zararli ishlab chiqarishlarda profilaktika chora sifatida qabul qilish imkoniyatini beradi.

Golubika mevalarining eng muhim xususiyatlaridan biri – ularning turli dori-darmon qabul qilish natijasida yuzaga keladigan allergiyalarni bartaraf etishidir. Golubika mevalarini  hatto diatez va boshka allergik tabiatga ega kasallangan  bolalar ovqatlantirish ratsioniga qo‘shish mumkin. Shuning uchun golubikani xalq orasida «xonaki doktor» deb atashadi.

Hozirda Golubikaning Belarus davlatidan olib kelingan navlari bizning Namangan viloyatidagi "DGT 3X MEVA-SABZAVOT KLASTERI" MChJda mahalliylashtirildi.

Ko‘chatlarda hosilning ilk nishonalari bo‘y ko‘rsatmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Kartoshka yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar
08 апрель 2024, Понедельник
Kartoshka yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar
Suv tanqisligini oldini olish
17 январь 2024, Среда
Suv tanqisligini oldini olish
9 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
09 март 2023, Четверг
9 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
MAXSAR MOYLI O‘SIMLIGINI EKISH VA PARVARISHLASH
15 февраль 2023, Среда
MAXSAR MOYLI O‘SIMLIGINI EKISH VA PARVARISHLASH
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar