ZOMIN TUMANIDA TO’QSONBOSTI EKINLAR EKISH BO'YICHA SEMINAR BO'LIB O'TDI.
Zomin tumanida to`qsonbosti ekinlarini aholi tomorqalarida ekish ishlarini targ`ib qilish uchun joriy yilning 7 oktyabr sanasida Peshag`or MFY hududida yashovchi fuqaro Mo`minov Rustam xonadonida amaliy seminar bo`lib o`tdi.
Seminarga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Jizzax viloyat Kengashidan ma’sul xodim, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Zomin tuman Kengashi raisi I.Musurmonov va kengashning barcha hodimlari, MFY raislari, hokim yordamchilari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tumandagi mavjud 25334 ta tomorqa yer egalariga 2910 gektar ekin maydonlari ajratib berilgan. Bunda asosiy e’tibor issiqxonalar va parniklarda hosil yetishtirish, to‘qsonbosti ekinlaridan yuqori hosil olish, uzumchilikni rivojlantirish va aholiga “Tomorqa xizmati”lari MChJlar orqali xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.
To‘qsonbosti ekinlari bo‘yicha:
Tuman bo‘yicha to‘qsonbosti ekinlari ekish rejasi 634 gektar aholi tomorqalariga to‘qsonbosti ekinlar (shundan 261.0 gektar piyoz,373 gektar sarimsoqpiyoz) ekilishi rejalashtirilgan bo`lib, hozirgi kunda 635 gektar tomorqa yer maydonlariga to`qsonbosti ekinlari ekildi.
Seminarda aholiga to‘qsonbosti ekinlarini o‘z vaqtida ekish bo‘yicha tavsiyalar va tushuntirish ishlari olib borildi.