“Demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar O‘zbekiston uchun doimo ustuvor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 30 aprel kuni Zomin tumanda joylashgan 27-maktab binosida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirokida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi sudyasi A.Pulatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 25 dekabrdagi “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-889-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 yanvardagi “Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-18-sonli Farmoni hamda “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan ezgu g‘oya asosida “Demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar O‘zbekiston uchun doimo ustuvor” mavzusida davra suhbatlari tashkil etilib,
mazkur qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etilganligi haqida ma’ruzalar bilan chiqish qildi.
Xususan, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilindi hamda ularning zammasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatilganligi haqida ta’kidlab o‘tdi.