Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » G‘alla rizq-ro‘zimiz! Uni o‘z vaqtida yig‘ib olish muxim vazifa

G‘alla rizq-ro‘zimiz! Uni o‘z vaqtida yig‘ib olish muxim vazifa

03 июнь 2024 йил
154
0

Версия для печати > “G'alla-2023” XIRMONGA BARAKA, BOBO DEHQONLAR!

G‘alla rizq-ro‘zimiz, uni o‘z vaqtida yig‘ib olish ishlari davlatimizning ko‘p ming tonnalik xirmonini yuksalishiga muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda bug‘doyni yetishtirishda ilmiy amaliy hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan. Urug‘chilik sohasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. G‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini yuqori sifatli elita va birinchi avlodli tez va o‘rta pishar urug‘lik bilan ta’minlash uchun boshqa davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.  

Bug‘doyning tez, o‘rta va kech pishar navlari bo‘lib 280-290 kunda pishib yetiladi. Bug‘doyning pishib yetilishi yilning eng issiq oylariga to‘g‘ri keladi. Bug‘doy pishgandan keyin qisqa vaqt davomida yig‘ishtirib olinmasa, uning boshoqlardagi doni o‘z-o‘zidan to‘kila boshlaydi. Shamol, yovvoyi qushlar va kemiruvchilarning zararli ta’siri natijasida hosil nobudgarchiligi miqdordan oshib ketadi. Pishib yetilgan bug‘doy o‘z vaqtida o‘rib yig‘ishtirib olinmasa nobudgarchilik kuniga 1-1,2 foizga, bir hafta ichida 7-9 foizga, ikiinchi haftasidan boshlab 12-15 foizga oshadi. Joriy yilda tumanda asosiy maydonlarga o‘zimizda tayyorlangan “Do‘stlik Grom”, “Do‘stlik zimnitsa”, “Do‘stlik Aziz”, “Zarbdor Grom” va “Zarbdor Asr” bug‘doy navlari ekilgan. Ushbu navlar tez va o‘rta pishar navlar hisoblanadi.

O‘rim-yig‘im mobaynida don to‘kilib nobud bo‘lishining oldini olish muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. G‘alla o‘rim-yig‘imini birinchi navbatda tez pishar bug‘doy navlari ekilgan maydonlarni o‘rish kerak. Bunda tumanda tashkil etilgan otryadlar va o‘rim-yig‘imga mas’ullar bilan birgalikda barcha g‘alla maydonlarini o‘rganib chiqib o‘rim kombaynlarini to‘g‘ri taqsimlashi, o‘rim kombaynlarining ishchi qismlari talab darajada soz bo‘lishi, o‘rim-yig‘imning uzluksiz davom etishi, o‘rim kombaynlarining uzluksiz ishlashi uchun ishni to‘g‘ri tashkil qilishi kerak. Birinchi navbatda o‘rimni begona o‘tlar bosadigan maydonlardan boshlash kerak. O‘rim-yig‘imning uzluksiz davom etishi uchun fermer xo‘jaliklari tomonidan g‘alla maydonlarini o‘rim-yig‘imga tayyorlash kerak.

Bunda fermerlardan dala chetlarida joylashgan hosilni qo‘lda o‘rish, o‘q ariqlarni tekislagichlar yordamida ko‘mish, maydonlarni begona o‘tlarni tozalash, dalaga kiradigan yo‘lni tekislash hamda g‘alla maydonlaridagi mavjud kolodeslarga bayroqlarni o‘rnatish talab etiladi.

Daladagi hosilning 90-95 foizi to‘liq pishib yetilganda va donning namligi 18-20 foiz bo‘lganidan so‘ng uni o‘rim kombaynlari yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ishtirib olishga kirishiladi. Hurmatli fermerlar pishib yetilgan bug‘doyni nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olishingizni va tavsiyalarimizga amal qilishingizni so‘ramiz.           

                        

 

                                                                                                             

Sh.Q.Turdibekov

“O‘zagroinspeksiya”ning Zomin

tuman bo‘limi boshlig‘i

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar