Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » “Maftunkor ranglar jilosi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

“Maftunkor ranglar jilosi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

03 июнь 2024 йил
292
0

Ma’lumki, 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida yurtimizda  ko‘p yillardan beri nishonlanib kelinmoqda.

 Bu kun tumanimizda  ham keng miqyosda o‘tkaziladi. Jumladan, joriy yilning 3-iyun kuni Zomin shaharchasidagi “Osiyo” tantanalar majmuasida Zomin tumanidagi 39 ta  mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor iqtidorli  bolalar o‘rtasida “Maftunkor ranglar jilosi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
 Ko‘rik tanlovni mazmunli o‘tishida tuman markazidagi “Osiyo” tantanalar majmuasi homiylik qildi. Ko‘rik tanlov  Zomin tuman hokimligi, O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Zomin tuman bo‘linmasi, tuman Yoshlar ishlari agentligi, tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman Mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
   Ko‘rik tanlovda ishtirok etgan 29 nafar  nogironligi bo‘lgan iqtidorli  bolalar o‘zlarining iqtidorlarini namoyon qildilar. Ko‘rik tanlov  hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra  1 o‘rin Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 2012 yilda tug‘ilgan Samadov Abrorga nasib etdi. Faxrli 2 o‘rinni Sh.Rashidov mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi  2014 yilda tug‘ilgan Abduxalilova Soliha oldi. Faxrli 3 o‘rin Navbahor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi  Jo‘raev Mahmudga nasib qildi.
 
Ko’rik tanlovni tashkil etgan hamkor tashkilotlar  tomonidan  1,2,3, o‘rinni olgan g‘oliblarga Faxriy Yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 Shuningdek, ko‘rik tanlovda ishtirok etgan barcha nogironligi bo‘lgan iqtidorli bolalarga  homiy tashilotlarning  sovg‘alari topshirildi.

 Tadbir so‘ngida tuman Madaniyat bo‘limi xodimlarining konsert dasturi yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar