Zominda yanvar oyida 47 millard so‘mlik kredit qarzi majburan undirildi
Bank kreditlari ko‘pchilik hollarda kafillik yoki garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki qarzdor va kafil fuqarolardan solidir tartibda undirish to‘g‘risida ijro varaqasi chiqariladi. Ko‘p xollarda qarzdor kredit bo‘yicha majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar.
Byuroning Zomin tuman bo‘limi tomonidan kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning boshidan 1106 dan ortiq ijro hujjati bo‘yicha 47 mlrd. so‘m qarzdorlik bank foydasiga undirilgan.
Shuningdek, banklar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha jami 32 ta 11 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 26 ta 5,2 mlrd. so‘mlik mulklar elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.