Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik

Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik

19 июнь 2024 йил
281
0

2024-yil 19-iyun kuni “Yoshlar oyligi” munosabati bilan Zomin tumanidagi “Markaziy sayilgoh” da “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali oʻtkazildi. Tadbirda sektor rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i O.Musurmonov, tuman hokimi 1-o’rinbosari Z.Omonqulov, tuman hokimi o’rinbosari S.Anvarov, Yoshlar ishlari agentligi Zomin tumani bo’limi boshlig’i B.Shukurovlar qatnashgan festivalda 2000 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etishdi.


 Bundan tashqari festivalda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Zomin tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari va 10 nafar nogironligi bor shaxslar ishtirok etdi.
   Tadbir boshida tuman hokimi 1-o’rinbosari Z.Omonqulov tuman hokimining yoshlarga yo’llagan bayramona tabrigini o’qib eshittirdi va tumandagi iqtidorli yoshlar hamda namunali yoshlar yetakchilarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

 
   Festival doirasida turli loyihalar tashkil etilib, poytaxtdan tashrif buyurgan estrada yulduzlari, DJ shou va konsert so'ngidagi ajoyib mushakbozlik tuman yoshlariga ajoyib bayram kayfiyatini ulashdi.

  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar