Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin tumanida seminar tashkil etildi

Zomin tumanida seminar tashkil etildi

05 июль 2024 йил
138
0

Zomin tuman hokimligi majlislar zalida “Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida” seminar bo’lib o’tdi
 Seminarda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi psixologi S.Ergasheva, bo’lim yuriskonsulti U.Begmatov, tuman oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i N.Omonova, Mahallalar uyushmasi Zomin tuman bo’limi rahbari S.Parmanov, Inson ijtimoiy xizmatlari markazi direktori O.Alimqulov, tuman mahalla raislari, mahalla xotin-qizlar faollari va ijtimoiy xodimlar ishtirok etdi.

Seminarda so’zga chiqgan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi yuriskonsulti U.Begmatov «O‘zbekiston - 2030» strategiyasining har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash, zo‘ravonlikdan aziyat chekkan shaxslarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat sifatini takomillashtirish, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son Qarorining mazmun-mohiyati to’g’risida malumotlar berib o’tdi.
     Qarorga muvofiq, tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida:

2024-yil 1-iyundan boshlab Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab respublikaning qolgan barcha hududlarida shoshilinch qabul bo‘limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etilishi belgilab berilgani,
 shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 25-iyundagi 354-son qaroriga muvofiq, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti, tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining shoshilinch qabul bo‘limlarida birlamchi ko‘mak xonalarini tashkil etish va jihozlash bo‘yicha minimal talablar hamda ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlarida ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish uchun zarur infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlanib, ijroga yo‘naltirilgani, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi rahbari Jizzax viloyati hududiy bo‘limi tomonidan qarorda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch qabul bo‘limida tashkil etilgan tunu kun ishlaydigan “Birlamchi ko‘mak xona”lari faoliyatini samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga prezentatsiya asosida tushunchalar berildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar