Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas Urazaliyeva Zomin tumanida bo’ldi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas Urazaliyeva Zomin tumanida bo’ldi

25 июль 2024 йил
118
0

 Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2024 yil 17 iyul kuni xududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, OMQP deputatlari o‘zlari saylangan saylov okruglariga chiqishdi. Jizzax viloyati, Zomin tumanidagi mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikga jalb etish orqali daromadlarini oshirish bo‘yicha Sayxunobod va Uychi tajribalarini joriy qilish yuzasidan tumanda olib borilayotgan ishlar, birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar ko‘rildi. Tumanda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun band qilingan ish o‘rinlaridan foydalanish darajasini oshirish ,xorijdan mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni bo‘sh vakant va yangi yaratilgan ish o‘rinlarida bandligini ta’minlash, ishsizlarni kasbga tayyorlash,qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlari ijrosini o‘z vaqtida, samarali va tizimli tashkil etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 Sayxunobod va Uychi tajribasi asosida Zomin tumanida joriy yil yakuni bilan 16 008 nafar aholi bandligi ta’minlanishi maqsad qilingan.  9 030 nafar aholi biznesga jalb qilinishi, 10 mahalla “ishsizlikdan holi xudud”ga aylantirish, kambag‘allik darajasi 16,3 foizdan 14,4 foizga, ishsizlik 7,3 foizdan 3,7 foizga kamaytirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, asosiy vazifalar belgilangan.

 Birgina Zomin tumani Birlik MFYda istiqomat qiluvchi Ismoilova Saida xonadoniga 33 mln imtiyozli kredit berilishi natijasida bu oilaning turmush tarzi farovonlashganligini ko‘rish mumkin.Xususan imtiyozli ravishda berilgan 33 mln kreditga 12 bosh qo‘y,  50 bosh parranda  olinib parvarishlanmoqda.Bugungi kunga kelib boqilayotgan tovuqlardan tuxum olinib oila daromadi yanada oshdi. Kech kuzga borib boqilayotgan quylardan daromad olish boshlanadi. Shuningdek Saida Ismailova xonadonida tashkil etilgan issiqxonada erta ko‘klam pamidor, bodiring yetishtirilishi natijasida salmoqli hosil olindi. Aniqroq qilib aytganda Ismailovlar xonadoni 28 mln daromad olib oila barakasiga baraka qo‘shildi. Ular halol mehnatlari samarasidan zavqlanib tinim bilishmaydi. Hozirga kunda kechki bodring hosilini olishni kutishmoqda.

 Shu mahallada yashovchi To‘raev G‘ofur xam yoshligidan dexqonchilik bilan shug‘ullanib baraka topib kelayotgan fuqarolardan biri xisoblanadi.

  U xam 33 mln imtiyozli kredit olib issiqxonada bodiring yetishtirib mo‘l hosil olishga erishdi. Daromad xam yomon bo‘lgani yo‘q. Ayni paytda kechki bodiring parvarishi avjida. Xulosa qilib aytganda aholining bandligini ta’minlash imtiyozli kredit berilishi evaziga yanada yaxshilandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘razalieva Muqaddas O‘ktamovna bandligi ta’minlangan fuqarolar ishi bilan tanishib ijobiy baho berdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar