Zomin tumanida OAV vakillari uchun navbatdagi media-tur o'tkazildi
Xalqimizda "Hunar-hunardan rizqing unar", degan purmaʼno hikmat bor. Darhaqiqat, qoʻlida kasb-hunari bor inson hayotda oʻz oʻrniga ega, jamiyatda mavqei bor shaxsga aylanadi. Koʻpchilikka nafi tegib, yurt ravnaqiga hissa qoʻsha oladi.
Shu maʼnoda "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" kabi ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarning kasb-hunarga boʻlishi, doimiy daromad topishida tadbirkorlarning hissasi katta.
Zomin tumanida aholini hunarmandchilikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, "Usta-shogird" an’analari asosida mahallalarda xotin-qizlarga, yoshlarga hunar o‘rgatish va bandligini ta’minlash, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish hamda hunarmandchilikni rivojlantirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilayapti.
Jumladan, media-tur davomida tumandagi tadbirkor Oybek Turdiyevning “ASLANBEK YANGI BIZNES” MCHJ 6 ga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar, ochilgan yangi ish oʻrni, ish hajmi, ishlab chiqarish quvvati va boshqalar bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif asnosida “ASLANBEK YANGI BIZNES” MCHJ dagi ishchi-xodimlar faoliyati oʻrganildi.