Yana bitta oilaviy shifokorlik punkti ish boshladi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi arafasida yana bir hushxabar tumanimizning eng chekka qishloqlaridan bo‘lgan Kultepa va Hayitkultepa qishloqlari aholisiga tibbiy hizmatni yaxshilash maqsadida Kultepa oilaviy shifokorlik punktini ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Ochilish marosimida tuman hokimi A.Abdug’aniyev, tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Unda tuman hokimi Alisher Abdug’aniyev ishtirok etib, barcha qishloq aholisini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabrikladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mehanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora tadbirlari” to‘g‘risidagi PF-6110-sonli Farmoni hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2023 yil 17-avgustdagi 02-1099/3987-sonli xatiga asosan Chorvador QFYda joylashgan Kultepa oilaviy shifokorlik punktini qayta tashkil etilishi belgilangan. Hozirgi kunda Kultepa OShP binosida Maxsustuzatishsozlash MChJ orqali bir milliard besh yuz million so‘mlik kapital ta’mirlash ishlari bajarildi. Bu ishlarni bajarishda jonbozlik ko‘rsatgan quruvchilar Maxsustuzatishsozlash MChJ jamoasiga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.
Kultepa oilaviy shifokorlik punkti ochilishi munosabati bilan tuman markazidan 22 km uzoqlikda joylashgan 10 km radiusdagi 2436 ta aholiga tibbiy xizmat tubdan yaxshilanib, zamonaviy tibbiy tekshiruvlar va shifokorlar qabuli tashkil etilib, Zomin tuman markazi va 16-Oilaviy poliklinikasiga aholining qatnovi bo‘yicha qiyinchiliklar bartaraf etiladi.
Shu bilan birga Kultepa va Hayitkultepa qishloqlarida 20 ta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Oilaviy shifokorlik punkti tuman va respublika sog‘liqni saqlash markazlari bilan elektron tizim orqali onlayn formada ishlashni tashkil etadi. OShP zamonaviy kompyuterlar, labarotoriya jihozlari va boshqa tibbiy jihozlar bilan ta’minlanadi.
Ularda faoliyat ko‘rsatadigan tibbiy hodimlar malakasi oshirib boriladi.