Korrupsiyaga qarshi kurashish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish
2024 yilning 15 avgust kuni Zomin tumani Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosida mahalla fuqarolari va faollar ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha davra suxbatlari tashkil etilib, fuqarolarga ushbu qarorning maqsad va vazifalari haqida tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohatlar hamda mazkur soha bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga ham to‘xtalib o‘tdi.
Xususan, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Jumladan, mazkur Qonunning maqsad va vazifalari, qonunda ko‘rsatilgan asosiy tushunchalar, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, mazkur sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida mazkur qonunda ko‘rsatilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari haqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.
Xabibulla Madatov
Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi