Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Ma’muriy islohatlar yuzasidan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri

Ma’muriy islohatlar yuzasidan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri

25 сентябрь 2024 йил
75
0

O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunda turli hil islohatlar amalga oshirilib kelinmoqda. Buning barchasi inson huquqlariga bo‘lgan e’tibor hamda davlatning rivojlanishiga qo‘yilayotgan katta qadamlar hisoblanadi.

Dastlab bu islohatlar Yangi O‘zbekistonda yangi ma’muriy islohatlar g‘oyasi asosida ijro etuvchi hokimiyat tizimida ko‘zga tashlangan bo‘lsa, keyingi bosqichda yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi bilan davom ettirildi. Davlat hokimiyati organlari tomonidan mazkur yangi tahrirdagi Konstitutsiyani qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan amalga oshirilib, umumxalq ovozi katta rol o‘ynadi.

Chunki, mazkur Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining referendumi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishi orqali amalga oshirilishi belgilangan.

 Endilikda, yurtimizda amalga oshirilgan ma’muriy islohatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak: mazkur ma’muriy islohatlar yuzasidan fuqarolarda huquqiy tushuncha shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan joriy yilning 18 sentabr kuni Zomin tumanida joylashgan “Yuksalish” mahalla fuqarolari binosida mahalla aholisi va faollar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohatlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha davra suxbatlari tashkil etilib, tadbir ishtirokchilariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

 Shuningdek, tadbir mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joydashgan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida davom ettirilib, maktab o‘qituvchilariga yuqorida qayd etilgan Farmonga ko‘ra, ta’lim sohasida amalga oshirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida fikr almashildi. Xususan, mazkur Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tizimida bir qancha o‘zgartirishlar amalga oshirilib, tizimdagi vazirliklar soni qisqartirilgan. Shuningdek, bir nechta vazirliklar tashkil etilganligi, ular ichida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari yangi takil etilgan vazirliklar qatorida ekanligi haqida so‘z yuritildi. O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar