Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Fuqarolarning huquq va erkinliklari sud tomonidan himoya qilinadi

Fuqarolarning huquq va erkinliklari sud tomonidan himoya qilinadi

20 сентябрь 2024 йил
65
0

Inson huquqlarini himoya qilish, ularning erkinliklarini kafolatlash, odil sudlovni amalga oshirish buning barchasi sud organlarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Qonuniylikni ta’minlash borasida odil sudlovni amalga oshirgan holda sud tizimida turli hil islohatlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, mazkur tizimida turli hil qonun hujjatlari qabul qilinib, amaldagi qonun hujjatlariga esa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Mazkur amalga oshirilaytgan islohatlar borasida aholi huquqiy madaniyatini oshirish, qabul qilinayotgan qonun hujjatlariga bo‘lgan huquqiy tushunchasini mustahkamlash, ular yuzasidan aholiga huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan joriy yilning 17 sentabr kuni Zomin tuman hududida joylashgan Nihol mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla aholisi va xotin-qizlar faollari ishtirokida davra suxbati iashkil etilib, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 28 iyuldagi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-703-sonli qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushantirishlar berib o‘tdi.

 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6034-sonli farmoni asosida amalga oshirilgan muhim islohotlardan biri bu - viloyat miqiyosidagi jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlarni yagona umumyurisdiksiya sudi sifatida birlashtirib, viloyat sudlari tashkil qilinishi bo‘lganligi haqida ta’kidlandi. Shu bilan birga Aynan yangi tahrirda qabul qilingan Qonunda sud tizimiga kiritilgan o‘zgartishlar o‘z ifodasini topdi. Tugatilgan sudlar sud tizimidan chiqarib tashlandi.

 Bundan tashqari, yangi Qonun bilan sudning asosiy vazifalari etib, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekanligi, sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilganligini belgilab berilganligi haqida so‘z yuritdi. O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

QONUNCHILIKDAGI ISLOHATLAR TO‘G‘RISIDA
19 сентябрь 2024, Четверг
QONUNCHILIKDAGI ISLOHATLAR TO‘G‘RISIDA
Inson huquqlarining himoya qilinishi sud tomonidan kafolatlanadi
12 сентябрь 2024, Четверг
Inson huquqlarining himoya qilinishi sud tomonidan kafolatlanadi
Davra suhbati bo'lib o'tdi
30 август 2024, Пятница
Davra suhbati bo'lib o'tdi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar