Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » KUZGI SHUDGOR VA AGROTEXNIK TADBIRLAR – MO’L HOSIL GAROVI

KUZGI SHUDGOR VA AGROTEXNIK TADBIRLAR – MO’L HOSIL GAROVI

02 декабрь 2024 йил
33
0

 Bugungi kunda fermer xo’jaliklari dalalarida kuzgi yig’im-terim ishlari yakuniga etmoqda. Yerning tuproq unumdorligini saqlash va oshirishda kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

Kuzgi shudgor - tuproqning nam koʻp saqlanadigan haydalma qavatini kuzda yumshatish; kelasi yil bahorida ekinlar ekish uchun yerni kuzda haydash demakdir. Bunda tuproqning yuza qatlamidagi strukturasiz qavati tubiga tushib, yuza qavatdagi struktura biroz tiklanadi. Tuproq-iqlim va tashkiliy-xoʻjalik sharoitlarga qarab shudgorlash usullari hamda turlari oʻzgarib turadi. Kuzgi shudgor dehqonchilikda qadimdan muhim ahamiyatga ega boʻlgani sababli “Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda" xalq maqoli yaratilgan. Kuzgi shudgor yerga ishlov berishning asosiy usuli hisoblanadi.

Bunda birinchi navbatda haydov texnikalari yuqori unumli zanjirli va g’ildirakli soz holatdagi texnika bo’lishi, 40-60 sm. Chuqurlikda haydalishi uchun plugda polovoy doska va lemuxlar yangisiga almashtirilgan bo’lishi kerak. Bu plugdagi elementlar yerning chuqur haydalishiga asos bo’ladi. Keyingi navbatda maydonlarning to’rt burchak shaklida to’liq haydalishiga e’tibor qaratish lozim.

Kuzgi shudgor tuproqdagi organik qoldiqlar o’simlik ildiz zonasidan chirib, gumus va zarur oziq moddalarga aylantirishga imkon beradi. Shu bilan birga, begona o’tlar urug’i, yer yuzasida to’planib qolgan zararkunandalarning tuxum va lichinkalari hamda kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarni pastki chuqur qatlamiga tushib nobud bo’lishiga olib keladi.

Kuzgi shudgor tuproq zichligi va qattiqligini yo’qotib, uni yumshoq holatiga keltirib, kuz, qish hamda bahorgi yogʻingarchilik suvlarini tuproqga yaxshi singishi, ularni daladan oqib chiqib ketmasligini ta'minlaydi. Bu esa tuproqni suv zahirasi bilan boyitadi va oʻsuv davrida sugʻorishga boʻlgan extiyojini kamaytiradi. Kuzda asosiy ozuqa sifatida organik, fosforli hamda kaliyli oʻgʻitlar qoʻllaniladi. Ushbu oʻgʻitlarning samarasi kuzgi shudgor bilan qoʻllanilganda eng yuqori boʻladi. Shudgor qilishdan oldin gektariga 200-300 kg. dan fosforli o’g’it sepilib haydalsa ijobiy natija beradi.

Masalan organik oʻgʻitlar kuzgi shudgor qilingan yerga sepilganda tuproq 30-35 sm. qalinlikgacha organik modda bilan boyitilib, pastki tuproq qatlami unumdorligi oshiriladi. Bunda tuproqning chuqur qatlamigacha bir me’yorda gumus hosil boʻlishi hamda oziq moddalarga boyishi kuzatiladi.

So’nggi yillarda suv tanqisligi  O’zbekistonning barcha hududlarida jumladan Zomin tumanida ham sezilarli darajada kuzatilmoqda. Suv tanqisligi qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligiga keskin ta’sir ko’rsatmoqda. Suv tanqisligini oldindan ko’ra bilgan tuman, xo’jalik, fermer xo’jaliklari rahbarlari kuzgi shudgorlash ishlarinini amalga oshirishi, kuzgi-qishki mavsumda kuchli sho’rlangan maydonlarda 25x25, o’rta sho’rlangan yerlarda 50x50 sxemada sho’r yuvish ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Sho’rlanmagan yer maydonlarida jo’yak olish, uzunligi 50-60 metr bo’lgan o’qariqlar olish bilan suv tejaladi va suvdan samarali foydalanishga erishiladi.      

Hurmatli fermerlar va tomorqa yer egalari yurtimizga qish fasli kirib kelmoqda. Ob-havoning ochiq kunlaridan foydalanib qisqa muddatda ushbu agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan tavsiyalarimizga amal qilsangiz kelgusida mo’l hosil olishga erishasiz.

                         

 

O’zagroinspeksiyaning Zomin tuman bo’limi
bosh mutaxassisi 
A
.B.Nomozov 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Takroriy ekin-qo‘shimcha daromad manbai
08 июль 2024, Понедельник
Takroriy ekin-qo‘shimcha daromad manbai
Takroriy ekin sifatida kartoshka yetishtirish
21 июнь 2024, Пятница
Takroriy ekin sifatida kartoshka yetishtirish
MAXSAR MOYLI O‘SIMLIGINI EKISH VA PARVARISHLASH
15 февраль 2023, Среда
MAXSAR MOYLI O‘SIMLIGINI EKISH VA PARVARISHLASH
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar