Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Yosh mevali daraxtlar, uzum va anor koʻchatlarini qish oylarida sovuqdan saqlash uchun muxim tavsiyalar

Yosh mevali daraxtlar, uzum va anor koʻchatlarini qish oylarida sovuqdan saqlash uchun muxim tavsiyalar

13 декабрь 2024 йил
44
0

Tokni ko'mish kerakmi?

Yurtimizga qish fasli kirib keldi. Qishning birinchi oyi dekabrning ilk kunlaridan boshlab Respublikamizning barcha hududlarida xavo harorati keskin tushib -10 darajadan oshib ketdi. Gidrometeorologiya xizmati agentligining tezkor xabariga koʻra joriy yilning 15-17 dekabr kunlari  Oʻzbekiston Respublikasi hududiga nam va sovuq xavo massalari kirib kelmoqda. Ushbu kunlarda xavoning harorati -15 darajaga etishi kutilmoqda.

Ob-xavoning keskin tushib ketishi esa qishloq xo’jaligida salbiy oqibatlarga olib keladi. Jumladan dalalardagi yosh mevali daraxtlar, uzum va anor koʻchatlariga zarar yetadi. Natijada koʻchatlar sovuqda nobud boʻladi.

Salbiy oqibatlarning oldini olish uchun yani yosh mevali daraxtlar, uzum va anor koʻchatlarini sovuqdan asrash uchun qisqa muddatda kechiktirib boʻlmaydigan muhim agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish maqsadga muvofiqdir.

Tumandagi dehqon, fermer xoʻjaliklari, tomorqa er egalari tomonidan yosh mevali daraxtlar, uzum va anor koʻchatlarini sovuqdan asrash uchun birinchi navbatda toʻkilgan barglarni yigʻib olish va daladan tashqariga olib chiqish kerak. Soʻng bogʻlar, tokzor va anorzorlarning atrofini 25-30 sm chuqurlikda haydash, qurib qolgan va kasallangan novdalarini qirqib olib tashlash kerak. So’ngra uzum va anor koʻchatlarini sovuqdan asrash uchun tuproq bilan koʻmish tavsiya etiladi. Bunda koʻchatlarning usti qalin va toʻliq koʻmilishi kerak. Koʻmilgan uzum va anor koʻchatlari ustiga maxalliy goʻng sepilsa kelgusi yilda koʻchatlar uchun ozuqa boʻladi. Yosh mevali daraxtlarni sovuqdan asrash uchun koʻchatlar oralariga har 20-25 metr oraligʻida yaxshilab oʻtin (dud) yoqish lozim. Yongan oʻtindan chiqqan tutun yosh mevali koʻchatlarning tanasini sovuq urushidan asraydi. 

Yuqorida aytib oʻtilgan agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilsa bogʻ-tokzor va anorzorlarni qishki mavsumga tayyorgarligi ta'minlanadi. 

Hurmatli dehqon, fermer xoʻjaliklari, tomorqa er egalari bogʻlar, yosh mevali daraxtlar, uzum va anor koʻchatlarini sovuqdan asrash, saqlash uchun aytib oʻtilgan tavsiyalarni oʻz vaqtida amalga oshiring. Zero qishning sovuq kunlarida koʻchatlar nobud boʻlmasin.

Oʻzagroinspeksiyaning Zomin tumani

boʻlimi bosh mutaxassisi

Q.Abdugabborov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar