Turkiya Jizzaxda bug‘-gaz elektr stansiyasini qurishi mumkin
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Turkiyaning Chengiz Enerji kompaniyasi ijrochi direktori Ahmet Cengiz bilan uchrashuvda Jizzaxda quvvati 400 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurib, ishga tushirishni taklif qildi. Loyiha yiliga 103 million dollarga teng 286 million kub metr gazni tejash imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, Chengiz Enerji 2022 yil iyun oyida Toshkent viloyatida 240 MVt va Sirdaryo viloyatida 220 MVt quvvatga ega zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyalarini ishga tushirgan.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
14 март 2023, Вторник
«Svet» va gazdan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik deb belgilandi
Изоҳлар (0)