FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLINI XABARDOR QILISH TARTIBI TASDIQLANDI
Vazirlar Mahkamasining “Favqulodda vaziyat ro‘y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro‘y bergani haqida xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimini rivojlantirish hamda undan samarali foydalanishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan tegishli nizom tasdiqlanmoqda, unga ko‘ra:
- xabar berish tizimining asosiy maqsadi – bu aholi va tegishli organlarga favqulodda vaziyatlar haqida haqqoniy va tezkor ma’lumotlar yetkazish;
- xabar berish tizimi respublika, hududiy, lokal va ob’ekt darajasida amalga oshiriladi va FVV vaziri, fuqaro muhofazasi boshlig‘i va ob’ektlar rahbarlarining buyrug‘i asosida ishga tushiriladi;
favqulodda vaziyatda (yoki ro‘y berishidan oldin) “Barchaga diqqat” signali va elektrosirenalar ruporli ovoz kuchaytirgich orqali 3 daqiqagacha aholiga eshittiriladi;
- signaldan so‘ng yuzaga kelgan favqulodda vaziyat haqida ma’lumot televidenie, radio va internet orqali davomiyligi 5 daqiqagacha bo‘lgan video va audiorolik ko‘rinishda yetkaziladi;
- shuningdek aholi mobil operatorlar orqali ham xabardor qilinadi.